Xitoy Belarus va Özbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytirişga çaqirdi
Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I Bişkekda bölib ötgan Şanxay hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari yiğini doirasida Belarus Taşqi işlar vaziri Maksim Rijenkov va Özbekiston Taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan alohida uçraşuvlar ötkazib, xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytiriş muhimligini takidladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Uçraşuvlar yuzasidan Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I Belarus bilan uçraşuvda Xitoyning asosiy milliy manfaatlariga doir masalalarda “qatiy qöllab-quvvatlab kelayotgani” uçun Minskka minnatdorlik bildirgan. Şuningdek, Xitoy Belarus bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş va qöşma taraqqiyot bankini taşkil etiş böyiça tayyorgarlik işlarini jadallaştirişga çaqirgan.
Malum qilinişiça, uçraşuv söngida tomonlar taşqi işlar vazirliklari örtasidagi 2026–2027 yillarga möljallangan maslahatlaşuvlar rejasini imzolagan.
Qayd etilişiça, Özbekiston bilan uçraşuvda esa Van I Baxtiyor Saidov bilan suhbatda Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temir yöli loyihasini ilgari suriş bilan bir qatorda, sanoatlaştirişga oid yanada yirik qöşma loyihalarni amalga oşirişga çaqirgan. Şuningdek, ikki tomon huquqni muhofaza qiliş organlari va xavfsizlik sohasidagi qöşma hamkorlik mexanizmini samarali işlatişi lozimligi takidlangan.
Naşrning yozişiça, Xitoy BMT, Şanxay hamkorlik taşkiloti va “Xitoy – Markaziy Osiyo” mexanizmi kabi köp tomonlama maydonlarda hamjihatlik va hamkorlikni yanada kuçaytirişga çaqirgan.
Malumot uçun, Şanxay hamkorlik taşkiloti Yevroosiyodagi 10 azo davlatni birlaştirgan tuzilma bölib, uning tarkibiga Xitoy, Rossiya, Hindiston, Pokiston hamda Markaziy Osiyo davlatlari kiradi.