Olimlar uyquni boşqarişda yordam beradigan molekulani aniqladi
Köpçilikka közlar öz-özidan yumilib ketadigan holat taniş. Olimlar aynan qaysi mexanizm miyaga organizmga uyqu zarurligini xabar qilişini tuşunişga uzoq vaqtdan beri harakat qilib kelmoqda. Xitoylik olimlarning yangi tadqiqoti şuni körsatdiki, kam örganilgan molekula – triptamin uşbu jarayonda muhim rol öynaşi mumkin. Bu haqdagi tadqiqot natijalari “Nature Neuroscience” jurnalida elon qilindi.
Qayd etilişiça, tadqiqotçilar uyquning gomeostatik bosimi deb ataladigan jarayonni – inson qançalik uzoq uyğoq bölsa, uxlaş istagi şunçalik kuçayib borişi holatini örgangan. Tadqiqot tungi hayvonlar – siçqonlar va kunduzgi hayvonlar – çöçqalarda ötkazilgan.
Ilgari uşbu jarayonning asosiy kimyoviy signali adenozin deb hisoblanar edi. Biroq u miyaning nima uçun uxlaş vaqti kelganini “tuşunişini” töliq tuşuntirib bera olmasdi.
Yangi işda olimlar uşbu mexanizmning yana bir ehtimoliy iştirokçisi – triptaminni aniqlagan. Bu modda ilgari fiziologik roli nomalum bölgan kam örganilgan neyromodulyator deb hisoblanar edi.
Tajribalar şuni körsatdiki, uyğoq paytda triptamin darajasi sekin-asta ösib boradi. Hayvonlar qançalik uzoq uxlamasa, ularning orqa miya suyuqligidagi modda kontsentratsiyasi şunçalik yuqori bölgan.
Mualliflar triptamin gipotalamusning gipotalamus oldi (preoptik) sohasida uyquni boşqarişning asosiy markazlaridan birida joylaşgan GPR139 retseptoriga tasir qilişini aniqlagan. Uşbu retseptor faollaşgandan söng uyquga ötiş uçun masul bölgan neyronlarning işi kuçaygan.
Olimlar triptamin sintezini bloklaganda yoki GPR139 retseptorini öçirganda hayvonlar majburiy uyğoq davrdan söng uyquni qayta tiklaşda ança qiynalgan. Uyqusizlikni qoplaşning tabiiy mexanizmi buzilgan.
Bundan taşqari, GPR139 ni faollaştiradigan preparatlar har ikkala hayvon turida ham uyqu davomiyligini oşirgan va uning sifatini yaxşilagan.
Mualliflarning fikriça, triptamin uyqusizlikka qarşi dori vositalarini işlab çiqişda yangi nişonga aylanişi mumkin.
Bugungi kunda mavjud bölgan köplab uxlatuvçi dorilar asab tizimining umumiy faoliyatiga tasir qiladi va nojöya tasirlar yoki örganib qolişni keltirib çiqarişi mumkin. Yangi yondaşuv potentsial ravişda miyaning özi organizmga uxlaş vaqti kelganini aniqlaydigan tabiiy mexanizmga tasir qiliş imkonini beradi.
Kaşfiyotni klinik amaliyotda qöllaşga hali erta. Barça asosiy tajribalar siçqonlar va çöçqalarda ötkazilgan. Tadqiqot odamlarni qamrab olmagan va hozirça GPR139 retseptoriga tasir qiluvçi preparatlar xavfsiz va samarali bölişini isbotlamaydi.
Mualliflar, şuningdek, triptamin uyquni boşqaradigan yagona molekula emasligini takidlagan. Ehtimol, u adenozinni öz içiga olgan boşqa moddalar bilan birgalikda işlab, uyquni nazorat qilişning murakkab tizimini hosil qiladi.
Şu sababli, keyingi qadam odamlar iştirokidagi tadqiqotlar va potentsial preparatlarning klinik sinovlari bölişi kerak.