Eboladan kasallanganlar qariyb 3 mingga yetdi
Ebola epidemiyasi avj olgan Kongoda tibbiyot tizimi ham inqirozga yuz tutmoqda. Virusdan 1300 dan ortiq odam vafot etgan, şifokorlar esa oylik va bonuslar tölanmagani uçun işni töxtatdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.
Qayd etilişiça, Kongo Demokratik Respublikasi şarqidagi Ebola davolaş markazlaridan birida şifokorlar, hamşiralar va xavfsizlik xodimlari işni töxtatgan. Oqibatda epidemiyaning markazlaridan biri bölgan Ituri provintsiyasidagi Buniya şahrida bemorlarga tibbiy yordam körsatiş jarayoni keskin çeklangan.
Malumotlarga köra, mamlakatda Ebola bilan kasallanganlar soni 2973 nafarga yetgan, ulardan 1309 nafari vafot etgan. Mutaxassislar bu holatni Kongoda qayd etilgan eng tez rivojlanayotgan Ebola epidemiyalaridan biri sifatida baholamoqda.
Buniya şahridagi Elikiya Ebola davolaş markazi xodimlari ikki oydan beri tölanmagan bonuslar sabab norozilik bildirgan. Ularning aytişiça, moliyaviy muammolar bemorlarga xizmat körsatiş sifatiga ham tasir qilmoqda.
Avvalroq, hududdagi eng yirik şifoxonalardan biri bölgan Buniya umumiy kasalxonasida ham tibbiyot xodimlari tölanmagan maoşlar sabab iş taşlagan edi. Ayrim xodimlar epidemiya boşlanganidan beri tölov olmaganini bildirgan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) malumotlariga köra, epidemiya boşlanganidan buyon 100 dan ortiq tibbiyot xodimi Ebola bilan kasallangan.
Kongo 15 maydan buyon Bundibugio virusi sabab yuzaga kelgan Ebola epidemiyasi bilan kuraşmoqda. Hozirda 766 nafar bemor izolyatsiya qilingan yoki şifoxonalarda davolanmoqda, 540 kişi esa soğaygan.
Kasallik holatlarining qariyb 90 foizi mamlakat şarqidagi Ituri provintsiyasida qayd etilgan. Soğliqni saqlaş mutasaddilariga köra, virus tarqalişi uni nazorat qiliş imkoniyatlaridan tezroq keçmoqda. Bunga hududdagi qurolli mojarolar, aholining köçişi va yuqtirganlar bilan aloqada bölgan şaxslarni aniqlaşdagi qiyinçiliklar sabab bölmoqda.
Bundan taşqari, moliyaviy mablağ yetişmasligi, tibbiyot markazlariga hujumlar, xavfsizlik muammolari va aholining işonçsizligi epidemiyaga qarşi kuraşni murakkablaştirmoqda.
Bundibugio virusi uçun tasdiqlangan vaktsina va keng qöllanadigan davolaş usullarining mavjud emasligi ham vaziyatni oğirlaştirmoqda. Hozirda Ituri provintsiyasida Ebola davolaşning ikki ehtimoliy usuli böyiça tadqiqotlar boşlangan.
Eslatib ötamiz, Kongo Demokratik Respublikasining şarqiy qismida Ebola bilan kasallanganlar soni qariyb 1000 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.