Antikorruptsiya böyiça prokurorning uyidan 19 mln dollar va 74 kg oltin topildi
Indoneziya rasmiylari korruptsiya işlari uçun masul bölgan sobiq boş prokuror örinbosari Febri Adriansyahning uyida va boşqa bir qator köçmas mulk obektlarida ötkazilgan tintuvlar çoğida taxminan 19 million dollar naqd pul hamda 74 kilogramm oltin quymalari musodara qildi. Buning ortidan mulozim hibsga olindi. Bu haqda joriy yilning 24 iyul kuni “The Gulf News” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Febri Adriansyah korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça masul prokuror lavozimida işlagan davrida pul yuvişda ayblanmoqda.
Boş prokuror örinbosari Rudi Margononing malum qilişiça, Febri uşbu lavozimda tört yildan ortiq işlaganidan söng rasmiylar bir neçta joyda, jumladan, uning Jakarta atrofidagi uyida tintuv ötkazgan. Uşbu voqealardan köp ötmay, joriy yilning 11 iyul kuni u istefoga çiqqan.
Tergov davomida rasmiylar turli valyutalardagi taxminan 19 million dollarni, şuningdek, millionlab dollarga teng 74 kg oltin quymalarini musodara qilgan.
Köp soatlik söroqdan söng Febri barça ayblovlarni rad etgan, nohaq jinoyatçiga çiqqanini va heç qanday aybi yöqligini takidlagan. Uning advokati Febri Diansyah sud jarayoni adolatli ötişiga umid bildirgan.
Tergovçilarning malumotlariga köra, dastlab bu iş bilan Indoneziya politsiyasi şuğullangan, söngra u Boş prokuraturaning ilgari Febri işlagan korruptsiyaga qarşi kuraşiş bölinmasiga ötkazilgan.
Qayd etiş joiz, Janubi-Şarqiy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti bölmiş Indoneziya uzoq vaqtdan beri davlat sektoridagi korruptsiya muammosiga duç kelmoqda. Sönggi yillarda mamlakat korruptsiyaga qarşi kampaniyalarni jadallaştirgan, bu esa köplab yuqori lavozimli mulozimlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilişiga va ularning hibsga olinişiga olib kelgan.