Yaponiyada yana bir poytaxt paydo bölişi mumkin
Joriy yilning 24 iyul kuni Yaponiya parlamenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda Tokio uçun zaxira varianti sifatida “ikkinçi poytaxt” taşkil etiş töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.
Qayd etilişiça, zaxira poytaxt tizimini yaratiş Yaponiya hukumatining mamlakat ğarbidagi Osakani Tokioga öxşaş megapolisga aylantirişga bölgan intilişiga qöşimça turtki berişi mumkin. Bu reja, şuningdek, mamuriy funktsiyalarni maqbullaştiriş va hokimiyatni detsentralizatsiya qilişga qaratilgan.
Başqaruvçi blok tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi muxolifat lageri tomonidan keskin tanqidga uçragan. Ularning bildirişiça, hujjat Boş vazir Sanae Takaiti boşçiligidagi hukmron Liberal-demokratik partiyaning koalitsiya böyiça kiçik hamkori – Osakada joylaşgan Yaponiya innovatsiyalar partiyasi uçun maxsus işlab çiqilgan.
Parlament sessiyasi rasman yakunlanişidan oldingi oxirgi iş kuni qonun loyihasini öz vaqtida qabul qilişga intilgan hukmron lager va parlamentdagi ovoz berişdan oldin öz talablari hisobga olinişini xohlagan muxolif partiyalar örtasidagi bahs-munozaralar bilan ötgan. Muxolifat saylovçilarning muayyan nomzodlar yoki partiyalarni qöllab-quvvatlaşi ularning referendumdagi tanloviga tasir qilmasligi uçun mahalliy saylovlar va referendumni bir kunda ötkazişni taqiqlaşni talab qilgan.
Katta ehtimol bilan bu “Komeyto” partiyasi yetakçisi va ayni paytda Osaka gubernatori bölgan Xirofumi Yosimuraning kelayotgan bahorda uçinçi referendum va navbatdagi gubernatorlik saylovlarini bir kunda ötkaziş niyatida ekanini malum qilgani bilan boğliq.
Osakani megapolisga aylantiriş böyiça avvalgi urinişlar muvaffaqiyatsiz yakunlangan: 2015 va 2020 yillardagi ikkita referendum Liberal-demokratik partiya tomonidan qarşilik körsatilgani sababli kiçik ovoz farqi bilan rad etilgan. Hukmron blok tomonidan berilgan yon berişlardan söng muxolifat nihoyat qonun loyihasini parlament yuqori palatasi – Maslahatçilar palatasi yalpi majlisida ovoz berişga qöyişga rozi bölgan.
Yangi qonunga köra, Boş vazir aholi soni va iqtisodiyot hajmi böyiça muayyan talablarga javob beradigan prefekturalarning arizalari asosida zaxira poytaxtni tayinlaşi mumkin.
Qonun loyihasini hukmron Liberal-demokratik partiya va uning koalitsiya böyiça hamkori – Yaponiyaning tiklaniş partiyasi, şuningdek, “Miray jamoasi” partiyasi va boşqalar qöllab-quvvatlagan. Hujjat kiçik ovoz farqi bilan qabul qilingan: 123 nafar deputat yoqlab, 121 nafari esa qarşi ovoz bergan.
Malumot uçun, dunyoda davlat hokimiyatini markazlaştirmaslik, siyosiy murosa yoki tarixiy ananalar tufayli ikkita poytaxtga ega bölgan bir neçta davlat mavjud. Bunday tizimda odatda şaharlardan biri konstitutsiyaviy yoki qirollik qarorgohi hisoblansa, ikkinçisi hukumat va mamuriy idoralar jamlangan amaliy markaz vazifasini bajaradi.
Bunga eng yorqin misol sifatida Niderlandiyani keltiriş mumkin. U yerda Amsterdam davlatning rasmiy va konstitutsiyaviy poytaxti bölsa-da, mamlakat parlamenti, hukumati va qirollik qarorgohi Gaaga şahrida joylaşgan. Janubiy Amerikaning Boliviya davlatida ham şunday tizim amal qiladi: Sukre şahri rasmiy va sud hokimiyati markazi hisoblansa, La-Pas şahrida hukumat va parlament faoliyat yuritadi. Şuningdek, Çilida ham oliy hokimiyat bölingan bölib, Santyago rasmiy va ijroiya poytaxt, Valparaiso esa parlament joylaşgan qonun çiqaruvçi markazdir.
Osiyo qitasida Malayziya Kuala-Lumpurni rasmiy va qirollik poytaxti sifatida saqlab qolgan holda, barça mamuriy va hukumat idoralarini Putrajaya şahriga köçirgan. Şri-Lanka esa Kolombo şahrini ijroiya va sud markazi qilib belgilab, Şri-Jayavardenepura-Kotteni rasmiy va parlament poytaxtiga aylantirgan.
Afrika qitasida bunday davlatlar soni ançagina. Masalan, Kot-d’Ivuarda Yamusukro rasmiy siyosiy poytaxt bölsa, Abidjan de-fakto mamuriy va iqtisodiy markaz hisoblanadi. Beninda Porto-Novo rasmiy poytaxt maqomiga ega, biroq hukumat qarorgohi va amaldagi boşqaruv Kotonu şahrida joylaşgan. Esvatini qirolligida Mbabane mamuriy poytaxt, Lobamba esa qirollik qarorgohi va qonun çiqaruvçi markazdir. Burundi davlatida esa Gitega siyosiy poytaxt, Bujumbura esa iqtisodiy va ijroiya markaz sifatida amal qiladi.
Bundan taşqari, dunyoda uçta rasmiy poytaxtga ega bölgan yagona davlat ham mavjud bölib, bu Janubiy Afrika Respublikasidir (Pretoriya – ijroiya, Keyptaun – qonun çiqaruvçi va Blumfonteyn – sud poytaxti). Şveytsariya esa konfederatsiya bölgani uçun umuman rasmiy konstitutsiyaviy poytaxtga ega emas, ammo Bern şahri amalda davlat markazi vazifasini bajaradi.