USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaponiyada 7,1 magnitudali zilzila böldi. Tsunami xavfi elon qilindi

88 марта
Японияда 7,1 магнитудали зилзила бўлди. Цунами хавфи эълон қилинди

Bugun, 28 iyul kuni Yaponiyaning janubidagi Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila sodir böldi. Zilzila ortidan mamlakatning janubidagi Kyusyu oroli hududlari uçun tsunami va favqulodda ogohlantirişlar elon qilindi. Bu haqda Yaponiya Meteorologiya agentligi xabar qildi.

Dastlabki malumotlarga köra, Kumamoto prefekturasida 7,1 magnitudali zilzila qayd etilgan. Zilziladan keyin balandligi 1 metrgaça bölgan tsunami tölqini xavfi munosabati bilan ogohlantiriş berilgan.

Yaponiya hukumati Kumamoto, Nagasaki, Kagoşima, Fukuoka, Saga, Oita va Miyadzaki prefekturalari uçun favqulodda zilzila ogohlantirişini elon qilgan. Uşbu hududlarning barçasi mamlakatning janubidagi Kyusyu orolida joylaşgan.

Kyuşu Electric Power kompaniyasi zilziladan keyin “Senday” va “Genkay” atom elektr stantsiyalarida heç qanday nosozlik qayd etilmaganini bildirgan.

JR Kyuşu temiryöl kompaniyasi esa zilziladan söng poyezdlar harakatini, jumladan yuqori tezlikdagi “Şinkansen” qatnovlarini ham vaqtinça töxtatganini malum qilgan.

Malumot uçun, Yaponiya dunyoda zilzilalar eng köp kuzatiladigan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat Tinç okeani atrofidagi vulqonlar va okean çuqurliklaridan iborat “Olov halqasi”da joylaşgan bölib, dunyodagi 6,0 va undan yuqori magnitudali zilzilalarning taxminan 20 foizi şu yerda sodir böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ham Yaponiyaning şimoli-şarqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bölgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: