Meksikada dahşatli zilzila böldi
Keça, 17 iyul kuni Meksikaning Tinç okeani sohillari yaqinida 7,4 magnitudali zilzila sodir böldi. Hozirça qurbonlar va jiddiy talafotlar haqida malumot yöq. Bu haqda AQŞ Geologiya xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 08:48 da Çyapas ştatidagi Puerto-Madero porti yaqinida, Gvatemala çegarasiga yaqin hududda yuz bergan. Uning epitsentri aholi punktidan taxminan 10 kilometr şimolda joylaşgan.
Meksika Milliy seysmologiya markazi malumotiga köra, asosiy zilziladan söng 5,2 magnitudali takroriy yer silkinişi qayd etilgan. Zilziladan keyin AQŞning Milliy okean va atmosfera boşqarmasi epitsentrdan 300 kilometrgaça bölgan qirğoq hududlari uçun tsunami xavfi haqida ogohlantiriş bergan. Oradan taxminan bir soat ötib, mazkur ogohlantiriş bekor qilingan.
Meksika hukumati hodisadan söng xavfsizlik kuçlari va fuqaro muhofazasi xodimlarini voqea joyiga safarbar qilgan. Rasmiylarga köra, hozirça halok bölganlar, jabrlanganlar yoki jiddiy vayronagarçiliklar qayd etilmagan.
Mamlakat Harbiy-dengiz kuçlari vaziri Raymundo Pedro Morales Anxeles ayrim plyajlarda tsunami tasiri sabab dengiz sathi yarim metrgaça kötarilişi mumkinligini bildirib, fuqarolarni vaqtinça qirğoq hududlaridan uzoqroq turişga çaqirgan. Uning takidlaşiça, vaziyat nazorat ostida.
Şuningdek, Çyapas ştatining epitsentrga yaqin ayrim hududlarida ehtiyot çorasi sifatida aholi evakuatsiya qilingan. Mamlakatning janubi-şarqidagi boşqa hududlarda esa zilzila sezilarli oqibatlarga olib kelmagani bildirilgan.
Eslatib ötamiz, Venesuelada joriy yilning 24 iyun kuni ketma-ket kuçli zilzilalar sodir bölgan edi. Zilzila oqibatida mamlakat poytaxti Karakas şahrida turar joy binolari va boşqa inşootlar qulab tuşgan. Sönggi malumotlarga köra, halok bölganlar soni qariyb 4,5 ming kişiga yetgan.