Rossiyada özbekistonlik erkak terroristik guruhga aloqadorlikda ayblanib, qölga olindi
Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida Telegram orqali terroristik guruh safiga qöşilişga davat qilingan, biroq bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar bermagan özbekistonlikka nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Malum bölişiça, 1999 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi ötgan kuzda Telegram orqali Rossiyada taqiqlangan “Islom davlati” (IŞID) terrorçilik taşkilotining xalqaro qidiruvdagi azosi bilan aloqa örnatgan. Ular olti oy davomida muntazam yozişmalar olib borgan.
Tergov malumotlariga köra, suhbatlar davomida mazkur şaxs terroristik guruh safiga qöşiliş, janglarda qatnaşiş uçun Suriyaga boriş hamda terrorçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida pul ötkazişga undalgan.
Huquq-tartibot idoralari malumotiga köra, erkak uşbu holat haqida tegişli organlarga xabar bermagan. Şu sababli unga Rossiya Jinoyat kodeksining 205.6-moddasi (jinoyat haqida xabar bermaslik) bilan iş oçilgan. Bildirilişiça, hozirda tergov davom etmoqda.
Agar uning terrorçilik faoliyatiga kömaklaşgani yoki pul ötkazmalari amalga oşirgani aniqlansa, unga nisbatan qöşimça ayblovlar qöyilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Nyu-Jersi ştatida 26 yoşli Özbekiston fuqarosi oilaviy zöravonlik va qurol bilan boğliq jinoyatlarda gumonlanib hibsga olingani haqida xabar berilgan edi.