Germaniyadagi şaharga köçib ötganlarga tekinga turarjoy beriladi
31-05-2025, 09:50
110 марта
Germaniyadagi şaharga köçib ötganlarga tekinga turarjoy beriladiŞarqiy Germaniyada joylaşgan Ayzenxyuttenştadt şaharçasi aholisi sonini oşiriş maqsadida yangi köçib keluvçilarga ikki haftalik bepul turarjoy taklif qilmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.
Polşa bilan çegaradoş va poytaxt Berlindan 60 mil uzoqlikda joylaşgan uşbu şahar 13 may kuni mahalliy kengaş tomonidan e’lon qilingan bayonotga köra, 14 kunlik bepul sinov yaşaş imkoniyatini taklif qilmoqda.
Qayd etilişiça, loyiha “Ayzenxyuttenştadtga köçib ötişni istaganlarga – masalan, qatnovçilar, şaharga qaytişni öylayotganlar, malakali mutaxassislar yoki muhitni özgartirmoqçi bölgan yakka tadbirkorlar uçun” möljallangan. Arizalar iyul boşigaça qabul qilinadi.
Tanlangan iştirokçilar 6 sentyabrdan 20 sentyabrgaça şahar markazidagi töliq jihozlangan bepul kvartirada yaşaydi. Bu loyiha “Hozir reja tuz” nomli innovasion köçiriş taşabbusining bir qismidir.
Şahar kengaşining aytişiça, iştirokçilar uçun şahar hayoti, işlaş va jamoani his qiliş uçun ekskursiyalar, zavod sayohatlari va boşqa turli tadbirlar taşkil etiladi. Mahalliy korxonalar amaliyot, iş kuzatuv kurslari va suhbatlar orqali iştirokçilarning şaharda doimiy qolişini rağbatlantiriladi.
1950 yilda sobiq Şarqiy Germaniyada taşkil etilgan Ayzenxyuttenştadt (“Pölat zavodi şahri” degan ma’noni anglatadi) Oder daryosi böyida qurilgan.
Şahar ilgari Stalinstadt (Stalin şahri) deb atalgan, lekin 1989 yildagi Berlin devorining qulaşidan keyin Ğarbiy va Şarqiy Germaniya birlaşgaç, hozirgi nomini olgan.
Mahalliy rasmiy Yuliya Basanning aytişiça, şahar aholisi soni bir paytlar 50 mingdan oşgan bölsada, hozirda 24 ming atrofida. Aholi kamayişini töxtatiş uçun loyiha ayniqsa malakali işçilarni jalb qilişga qaratilgan.