Germaniyada jazirama tufayli 10 mingga yaqin inson vafot etdi
Germaniyada joriy yil boşidan buyon yuqori haroratlar oqibatida qariyb 10 ming kişi hayotdan köz yumgan. Bu haqda DW xabar berdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 19 iyul holatiga köra, issiq havo bilan boğliq ölimlar soni 9800 nafarga yetgan. Bu körsatkiç 2016 yildan buyon töliq yil davomida qayd etilgan eng yuqori natijadan ham oşib ketgan.
Mutaxassislarga köra, avvalgi eng yuqori körsatkiç 2018 yilda qayd etilgan bölib, öşa yili jazirama sabab taxminan 8900 nafar inson vafot etgan.
Joriy yildagi eng oğir davr iyun oyining ikkinçi yarmiga töğri kelgan. Uşbu davrda Germaniyaning köplab hududlarida havo harorati 40 darajagaça kötarilgan va 5000 dan ortiq ölim holati qayd etilgan.
Issiq havo, ayniqsa, keksa yoşdagilar uçun xavfli bölgan. Malumotlarga köra, issiqlik tölqini bilan boğliq ölimlarning asosiy qismi 75 yoşdan katta insonlar hissasiga töğri kelgan. Şuningdek, ayollar orasidagi ölim körsatkiçi erkaklarga qaraganda yuqoriroq bölgan, bu esa katta yoş guruhlarida ayollar uluşi köproq ekani bilan izohlangan.
Mutaxassislar takidlaşiça, yuqori harorat odatda ölimning yagona sababi bölmaydi. Köp hollarda jazirama mavjud surunkali kasalliklar bilan birga inson salomatligiga jiddiy tasir körsatadi.
Germaniyaning sobiq soğliqni saqlaş vaziri Karl Lauterbax issiqlik tölqinlariga qarşi tezkor çoralar körişga çaqirgan. Uning sözlariga köra, asosiy vazifa “saqlab qoliş mumkin bölgan barça insonlarni asraş”dan iborat.
Lauterbax xavf ostidagi aholiga öz vaqtida axborot va yordam beriş uçun issiqlik bilan boğliq maxsus axborot portallari hamda işonç telefonlarini joriy etiş zarurligini takidlagan.
Şuningdek, Germaniya kasalxonalar jamiyati tibbiyot muassasalarida sovitiş tizimlarini modernizatsiya qiliş kerakligini bildirgan. Taşkilot malumotlariga köra, mamlakatdagi kasalxona xonalarining faqat kiçik qismi konditsioner yoki boşqa sovitiş uskunalari bilan jihozlangan.
Eslatib ötamiz, Frantsiyaning Parij va uning atrofidagi hududlarda iyun oyida kuzatilgan rekord darajadagi issiq havo tölqini sabab odatdagi körsatkiçdan 1,5 mingdan ortiq ölim qayd etilgandi.