USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Kömir konida portlaş sodir böldi. Qurbonlar bor

144 марта
Кўмир конида портлаш содир бўлди. Қурбонлар бор

Keça, 30 iyul kuni Pokistonning Balujiston viloyatidagi kömir konida portlaş sodir böldi. Portlaş oqibatida kamida 32 nafar konçi halok böldi, yana 10 nafari yer ostida qolmoqda. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. 

Qayd etilişiça, qutqaruvçilar ularni qidirişda davom etmoqda, biroq rasmiylar ularning omon qoliş ehtimoli juda past ekanini bildirgan. Balujiston viloyati kon inspektsiyasi vakili Ğani Baloçning aytişiça, hodisaga şaxtada metan gazining töplanib qolişi sabab bölgan.

Portlaşdan bir neça soat ötib qutqaruvçilar yetti nafar konçining jasadini topgan. Keyinçalik yana 25 nafar halok bölgan işçining jasadi olib çiqilgan. Hozirda yer ostida qolgan konçilarni qidiriş va qutqariş işlari davom etmoqda.

Baloçning takidlaşiça, barça konçilar topilmagunça qutqaruv amaliyoti töxtatilmaydi. Şuningdek, u qurbonlar soni yana ortişi mumkinligini ham qayd etgan.

“Metan gazi portlagandan keyin tirik qolganlarni topiş ehtimoli keskin kamayadi, çunki şaxtadagi kislorod miqdori deyarli nolga tuşadi. Şu bois qutqaruvçilar ham juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda“, degan u.

Rasmiylar halok bölganlarning jasadlarini yaqinlariga topşirayotganini, yer ostida qolgan işçilarning qarindoşlari esa xavotir bilan yangilik kutayotganini malum qilgan.

Balujiston viloyati konlar va foydali qazilmalar vaziri Şoaib Noşervani qutqaruvçilar öta oğir şaroitlarda işlayotganini aytib, halok bölganlarning oila azolariga hamdardlik bildirgan.

Uning sözlariga köra, viloyat hukumati portlaşda halok bölgan har bir konçining oilasiga 500 ming Pokiston rupiyasi (taxminan 1 800 AQŞ dollari) miqdorida kompensatsiya tölaydi. Şuningdek, portlaş sabablari yuzasidan batafsil tergov ötkazilişi hamda konlardagi xavfsizlik çoralari qayta körib çiqilişi malum qilingan.

Pokiston Markaziy konçilar mehnat federatsiyasi hodisaga masullarning ehtiyotsizligi sabab bölgan bölişi mumkinligini bildirib, aybdorlarga nisbatan qatiy çoralar körişga çaqirgan. Kasaba uyuşmasi hukumatni kon xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya etilişini nazorat qiliş va ularni buzayotgan kompaniyalarga nisbatan keskin çoralar körişga undagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy şimolida joylaşgan kömir konida yuz bergan portlaş oqibatida 82 kişi halok bölib, yana 9 kişi bedarak yöqolgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: