USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston tadbirkorlari ham dron hujumlaridan zarar kördi – Wildberries asosçisi

175 марта
Ўзбекистон тадбиркорлари ҳам дрон ҳужумларидан зарар кўрди – Wildberries асосчиси

Wildberries asosçisi va boş direktori Tatyana Kim Ukraina dronlarining kompaniya logistika obektlariga qilgan hujumlari oqibatida Özbekiston va boşqa bir qator mamlakatlar tadbirkorlari milliardlab zarar körganini malum qildi. Bu haqda u keça, 31 iyul kuni özining Telegram-kanalidagi elon qilingan viduomurojaatida aytdi.

Kim videomurojaatida Qirğiziston, Qozoğiston, Özbekiston, Belarus, Armaniston, Xitoy va boşqa davlatlardan bölgan tadbirkorlar uşbu hujumlar oqibatida katta iqtisodiy yöqotişlarga duç kelganini takidlagan.

“Şuning uçun bizga qilingan hujumlar bir vaqtning özida önta mamlakatdagi yuzlab million odamlarga qarşi qaratilgan hujumlardir”, degan u.

Tatyana Kimning aytişiça, kompaniya har kuni öz obektlarining himoyasini kuçaytirib, dronlar hujumlarining katta qismini qaytarmoqda. Uning sözlariga köra, logistika markazlari mavjud himoya vositalari bilan jihozlangan bölib, xavfsizlik tizimlari muhandislik yeçimlari asosida muntazam takomillaştirilmoqda.

Eslatib ötamiz, 2026 yil iyul oyida Wildberries’ning logistika infratuzilmasi Ukraina dronlarining bir qator hujumlariga uçragandi. Xususan, 18 iyul kuni Moskva viloyatidagi Elektrostal va Tambov viloyatidagi Kotovsk taqsimlaş markazlari nişonga olindi.

Şundan söng, 24 iyul kuni Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati va Simferopoldagi omborlarga ham zarbalar berildi. 29–30 iyul kunlari Penza, Sarapul, Perm va Ryazan şaharlaridagi obektlarda hujumlardan keyin yonğinlar qayd etildi.

Şuningdek, keça, 31 iyul kuni esa Volgograd viloyati va Tatarstanda joylaşgan Wildberries logistika obektlari ham dron hujumlariga uçradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: