Ukraina Qora dengizdagi “Rosatom”ga tegişli kemaga zarba berdi
Ukraina dronlari Qora dengizda Rossiya Davlat atom korporatsiyasi – “Rosatom”ga tegişli fuqaroviy kemani nişonga oldi va uni çöktirib yubordi. Bu haqda kompaniya rahbari Aleksey Lixaçyov malum qildi.
Uning aytişiça, hodisa keça, 31 iyul kuni tunda sodir bölgan. Muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari va quriliş materiallarini taşiyotgan kemaga ikki ukrain droni zarba bergan. Kemadagi 17 nafar ekipaj azosining barçasi tirik qolgan. Lixaçyov hujumni “dengiz qaroqçiligi va dengiz bosqinçiligi” deb atagan.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa X ijtimoiy tarmoğida hujumni tasdiqlab, Rossiya bayroği ostida harakatlangan va sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan “Yanina” konteyner kemasi ham nişonga olinganini bildirgan.
“Mudofaa kuçlarimizning aniq zarbalari tufayli u dengiz tubiga ravona qilindi”, degan Zelenskiy.
Malumot uçun, sönggi haftalarda Rossiya va Ukraina bir-birining harbiy harakatlarini qöllab-quvvatlayotganini davo qilgan dengiz kemalariga nisbatan hujumlarni kuçaytirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Rossiyaning Volgograd viloyatidagi energetika obektlaridan biriga hamda Wildberries kompaniyasiga tegişli logistika markaziga zarba bergandi.