USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yevropa “qaynamoqda”: issiqlik tölqini sabab favqulodda çoralar kuçaytirildi

71 марта
Европа “қайнамоқда”: иссиқлик тўлқини сабаб фавқулодда чоралар кучайтирилди

Yevropada kuzatilayotgan kuçli jazirama bir qator mamlakatlarni favqulodda çoralar körişga majbur qildi. Italiya barça yirik şaharlarida eng yuqori qizil darajadagi issiqlik ogohlantirişini elon qilgan bölsa, Vengriya energiyani tejaş maqsadida davlat binolari va tarixiy obidalardagi çiroqlarni öçirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Yevropa dunyoda eng tez isib borayotgan qita bölib qolmoqda. Joriy yoz mavsumida qitada rekord darajadagi harorat sabab yirik örmon yonğinlari va qurğoqçilik kuzatilmoqda. Ayniqsa, Frantsiya va Ispaniyada yonğinlar katta hududlarni qamrab olgan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarni örmon yonğinlari xavfini kamaytiriş uçun tabiatni muhofaza qiliş va profilaktika çoralariga köproq mablağ ajratişga çaqirgan. Hisob-kitoblarga köra, yozgi yonğinlarning iqtisodiy zarari allaqaçon 15 milliard yevrodan oşgan.

Şuningdek, Bolgariyada ham yirik örmon yonğinlari qayd etilgan. Kuçli şamol alangani poytaxt Sofiyadan 70 kilometr uzoqlikdagi hududlarga olib ötganidan söng Trakiya avtomagistrali ikki yönalişda ham yopilgan.

Italiya Soğliqni saqlaş vazirligi Palermo şahridan Boltsanogaça bölgan barça yirik şaharlarda qizil xavf darajasini joriy qilgan. Rasmiylar uzoq davom etadigan yuqori harorat aholi salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdirişini bildirgan.

Assisi şahrida Rim Papasi Leo iştirokidagi tadbirda jazirama sabab ziyoratçilarni sovitiş uçun ularga suv purkalgan. Rimdagi sayyohlar esa soyabonlardan foydalanib, şahar favvoralarida salqinlaşişga harakat qilgan.

Keça, 6 avgust kuni Italiyaning Emiliya-Romanya mintaqasining ayrim hududlarida havo harorati 40 darajadan oşgan. Ravennaga yaqin Banyakavallo şahrida esa 42,8 daraja issiq qayd etilgan.

Vengriya hukumati energiya istemolini kamaytiriş maqsadida parlament binosi, Buda qalasi va Zanjir köprigi kabi tarixiy obektlardagi dekorativ yoritişni öçirib qöygan.

Bundan taşqari, Dunay daryosida suv sathining rekord darajada pasayişi mamlakatdagi yagona atom elektr stantsiyasi faoliyatiga ham tasir körsatgan. Elektr stantsiyasi reaktorlarini sovitişda daryo suvidan foydalanilgani sababli uning quvvati qisqartirilgan.

Ruminiya ham şunga öxşaş muammoga duç kelmoqda. Mamlakat Dunay suvidan atom elektr stantsiyasini sovitiş uçun foydalanişni davom ettiriş maqsadida daryoga toş ortilgan barjalarni çöktiriş rejasini işlab çiqmoqda. Buxarestda esa elektr energiyasini tejaş uçun köça çiroqlarining yorqinligi kamaytirilib, tarixiy binolar va muzeylarning tungi yoritilişi öçirilgan.

Moldova hukumati ham aholini elektr energiyasini tejaşga çaqirgan. Aks holda mamlakat elektr tanqisligi va uzilişlar xavfi bilan yuzlaşişi mumkin.

Bosniya va Gertsegovinada esa jaziramada qoçayotgan sayyohlar UNESCÖning Butunjahon merosi röyxatidagi Vetrenitsa ğorini öziga xos salqin maskanga aylantirgan. Yil davomida 11 daraja harorat saqlanadigan ğor yozning eng issiq kunlarida mahalliy aholi va sayyohlar uçun salqin maskanga aylangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyada joriy yil boşidan buyon yuqori haroratlar oqibatida qariyb 10 ming kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: