USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda örmon yonğinini öçirayotgan vertolyot halokatga uçradi

68 марта
АҚШда ўрмон ёнғинини ўчираётган вертолёт ҳалокатга учради

AQŞning Yuta ştatida örmon yonğinini öçiriş işlarida qatnaşayotgan vertolyot halokatga uçradi. Hodisa oqibatida bortdagi ikki ekipaj azosi bedarak yöqoldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilişiça, kuçli yonğin va murakkab relef sababli qutqaruvçilar hozirça vertolyot qoldiqlariga yetib bora olmayapti.

Malumotlarga köra, Sikorsky S-64 rusumli oğir yuk kötaruvçi vertolyot Fişlake milliy örmonidagi Widemouth 2 yonğinini öçirişda iştirok etayotgan bölgan. Halokatdan olti soatdan köproq vaqt ötganiga qaramay, hududdagi faol yonğin qutqaruv işlarini boşlaşga imkon bermayapti.

Mahalliy şerif idorasining malumotiga köra, tergovçilar va qutqaruv guruhlari hududga xavfsiz kiriş imkonini aniqlaş uçun yonğinni boşqariş guruhi bilan hamkorlik qilmoqda. Ekipaj azolarining taqdiri hozirça nomalum.

Widemouth 2 yonğini joriy yilning 27 iyul kuni çaqmoq urişi oqibatida boşlangan. Keça, 7 avgust kungi holatga köra, yonğin 105 ming akrdan ortiq maydonni qamrab olgan va kamida 6 ta inşootni vayron qilgan. Yonğinning 19 foizi nazoratga olingan.

Uşbu yonğin Yuta ştatida joriy mavsumda qayd etilgan ikkinçi eng yirik örmon yonğiniga aylangan. Ştat gubernatori Spenser Koks öt öçiriş işlarining xavfli ekanini takidlab, bedarak yöqolgan ekipaj azolari uçun fuqarolardan duo qilişni söragan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning Muğla, Antaliya, Balikesir va Çanoqqala viloyatlarida bir vaqtning özida yuzaga kelgan örmon yonğinlari tufayli avtomobil yöllari yopilgani, şifoxona, qariyalar uyi va yuzlab fuqarolar evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, Turkiyaning 9 viloyatida yuzaga kelgan örmon yonğinlarini öçiriş işlariga 3 514 nafar xodim, 23 ta samolyot, 54 ta vertolyot va 1 035 ta maxsus texnika jalb etilgani ham xabar qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: