Javob zarbasi: Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi
Ukraina bugun, 8 avgustga ötar keçasi Rossiyaning bir qator hududlariga, Qrim va Azov dengiziga qariyb 400 ta dron bilan hujum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Samara viloyatida sanoat korxonalaridan biriga zarba berilgani haqida viloyat gubernatori Vyaçeslav Fedorişev malum qildi. U korxonaning aynan qaysi biri ekaniga aniqlik kiritmagan. Hozirda hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.
Ukrainadagi monitoring kanallari va “Astra“ naşri guvohlarning videolariga tayanib, dronlar hujumidan söng Sizran neftni qayta işlaş zavodida yonğin çiqqanini xabar bergan. Mazkur korxona Samara viloyatidagi eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri bölib, “Rosneft” tarkibiga kiradi. Zavod uruş boşlanganidan beri Ukraina dronlari tomonidan bir neça bor nişonga olingan.
Krasnodar ölkasida esa dronlar “qoldiqlari” tuşişi oqibatida Ilsk neftni qayta işlaş zavodida yonğin yuz bergan. Bu haqda mintaqaviy tezkor ştab malum qilgan. Hodisa oqibatida 5 kişi jarohatlangan. Mazkur korxona ham avval Ukraina hujumlarining nişoniga aylangan.
Lipetsk viloyatining Zadonsk şahrida Ukraina dronlarining hujumi oqibatida ikki kişi jarohatlangan. Mahalliy rasmiylarga köra, xususiy uylar, avtomobil va elektr uzatiş liniyasiga zarar yetgan. Yana bir dron Lipetsk şahrida qurilayotgan köp qavatli uyga qulagan. Dastlabki malumotlarga köra, bu hodisada jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, bugun, 8 avgust kuni Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyev atrofidagi hududlarga bergan zarbalari oqibatida 3 kişi, jumladan bir bola halok bölgani haqida xabar berilgan edi.