Sayt megaserver.uz serveriga ko‘chirildi
USD: 11,988 söm ▼ EUR: 13,115 söm ▼ RUB: 145 söm ▼ GBP: 15,656 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,264 söm ▼ USD: 11,988 söm ▼ EUR: 13,115 söm ▼ RUB: 145 söm ▼ GBP: 15,656 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▲ TRY: 237 söm ▼ AED: 3,264 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoyda “Delfin“ sababli 1 million odam evakuatsiya qilindi

160 марта
Хитойда “Дельфин“ сабабли 1 миллион одам эвакуация қилинди

“Delfin” tayfuni Xitoyning şarqiy qirğoğiga yetib bordi hamda mamlakatning bir qator hududlarida kuçli yomğir, suv toşqini va köçki xavfi yuzaga kelgani sababli 1 milliondan ortiq aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, “Delfin” tayfuni bu yil Xitoyga yetib kelgan eng kuçli tropik tsiklon hisoblanib, keça, 9 avgust kuni soat 17:30 atrofida şarqiy Çjetszyan provintsiyasining Yuyxuan şahri yaqinidan quruqlikka çiqqan.

Tayfun qirğoqqa yetib kelgan vaqtda uning markaziga yaqin hududda şamol tezligi sekundiga 42 metrni, yani soatiga 151 kilometrni taşkil etgan. Bu Saffir-Simpson şkalasi böyiça 1-toifadagi dovulga teng.

Sinoptiklar 10 avgustgaça Çjetszyan, Şanxay, Futszyan şimoli, Tszyansi şimoli-şarqi, Anxoy markazi va janubi hamda Tszyansu provintsiyasining katta qismida kuçli yomğir yoğişini prognoz qilgan.

Çjetszyanning markaziy va şarqiy hududlarida 250–500 millimetrgaça yoğingarçilik kuzatilişi mumkin. Kuçli yomğir ayniqsa toğli hududlar va kiçik daryolar böylarida suv toşqini hamda köçki xavfini oşirişi kutilmoqda.

Rasmiylar dengizdagi işçilarni xavfsiz joylarga olib çiqqan, kemalarga esa portlarga qaytiş buyurilgan. Şuningdek, suv omborlari, toğ oqimlari, köçki xavfi yuqori hududlar, quriliş maydonlari va sayyohlik maskanlarida nazorat kuçaytirilgan.

Tayfun sabab Xitoy şarqida transport qatnovlari ham jiddiy çeklangan.

Şanxayda kamida 30 ming 300 kişi evakuatsiya qilingan, qariyb 1500 ta aviaqatnov bekor qilingan. Şaharning Yanşan portida esa 500 dan ortiq kiçik va örta hajmdagi kemalar xavfsiz joylarga köçirilgan.

Qöşni Çjetszyan provintsiyasidagi Vençjou şahrida esa 900 mingdan ortiq aholi boşqa joyga evakuatsiya qilingan va 1000 dan ziyod favqulodda boşpana oçilgan.

Futszyan provintsiyasida ham yuqori xavfli hududlardan 98 ming 900 kişi evakuatsiya qilingan. Hududda 55 ta qirğoqböyi yölovçi paromi qatnovi töxtatilgan, 115 ta dengiz quriliş loyihasi vaqtinça bekor qilingan va 290 ta quriliş kemasi xavfsiz suvlarga olib çiqilgan.

Xitoy meteorologiya idoralarining malumotlariga köra, tayfun quruqlikka kirgaç, markaziy va janubi-ğarbiy Xitoy tomon harakatlanib, asta-sekin kuçsizlanişi kutilmoqda. Biroq uning tasiri kuçli yoğingarçilikni uzaytirişi va suv toşqini hamda köçki xavfini oşirişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyaning janubiy Okinava prefekturasiga “Delfin” tayfuni yetib kelişi oqibatida 6 kişi jarohatlangandi, 50 mingdan ortiq xonadon va bino elektr taminotidan uzilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: