“Tolibon” qariyb 2,5 mln qizning maktabga borişini taqiqlagan – UNESCO
Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati 2021 yilda hokimiyatni qayta egallaganidan beri taxminan 2,4 million nafar afğon qizini örta talim oliş imkoniyatidan mahrum qilgan. Bu haqda BMTning Talim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (UNESCO) xabar qildi.
Taşkilot malumotlariga köra, Afğoniston qizlar va ayollarning örta va oliy talim olişi rasman taqiqlangan dunyodagi yagona davlat bölib qolmoqda. UNESCO bu çeklovlar mamlakatni önlab yillik rivojlaniş imkoniyatlaridan mahrum qilişi, qaşşoqlikni çuqurlaştirişi va qaytarib bölmaydigan zarar keltirişi mumkinligini bildirgan.
UNESCO hisob-kitoblariga köra, ayollarning örta va oliy talim olişiga qöyilgan taqiq 2066 yilga qadar 600 ming nafar afğon ayolini mehnat bozoridan çiqib ketişiga olib kelişi mumkin. Bu, şuningdek, mamlakatda jami 9,6 milliard dollar daromad yöqotilişi va erta nikohlar xavfi oşişiga sabab bölişi mumkin.
Malumot uçun, “Tolibon” 2021 yilda AQŞ va uning ittifoqçilari Afğonistondan çiqib ketişi ortidan hokimiyatga qaytganida, ayollar talim olişda davom etişini bir neça bor bildirgan edi. Biroq 2022 yil mart oyida qizlarning örta maktablarga borişi taqiqlandi. Şu yil dekabr oyida esa ayollarning universitetlarda öqişiga ham taqiq joriy etildi. “Tolibon” har ikki çeklovni vaqtinçalik deb atagan, ammo ular hanuz amalda qolmoqda.
“Tolibon”ning ayollar huquqlariga oid çeklovlari ularning işlaşi va erkin harakatlanişini ham çeklaydi. UNESCÖning takidlaşiça, ayollarning oliy talim olişiga qöyilgan çeklovlar mamlakatda ayol öqituvçilar tanqisligini ham kuçaytirişi mumkin. Taşkilot 2030 yilga borib Afğonistonda 11 mingdan ortiq malakali ayol öqituvçi yetişmasligini prognoz qilgan.
UNESCO malumotlariga köra, 10 yoşli bolalarning 90 foizidan ortiği oddiy matnni öqiy olmaydi, mamlakatda savodxonlik darajasi esa 37 foizni taşkil etadi.
Maktablarning qariyb yarmida suv, sanitariya yoki isitiş tizimi mavjud emas. 2021 yildan beri zilzila va suv toşqinlari kabi tabiiy ofatlar tufayli 1 000 ta maktab yopilgan. 2025 yilning özida esa 3 million kişi majburan yoki ixtiyoriy ravişda Afğonistonga qaytib kelgan va bu talim tizimiga qöşimça bosim yuzaga keltirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda 14 million kişi kuçli oziq-ovqat tanqisligiga duç kelayotgani, bu mamlakat aholisining qariyb 32 foizini, yani har uç kişidan birini taşkil etişi xabar qilingandi.