Yevropa dunyoda eng tez isiyotgan qita – olimlar
Yevropaning bir qator davlatlarida yangi kuçli jazirama tölqini kuzatilmoqda. Frantsiya, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyada harorat 35 darajadan oşdi. Issiq havo 135 milliondan ortiq odamga tasir qilişi kutilmoqda. Bu haqda “France 24” xabar berdi.
Malumotlarga köra, Buyuk Britaniyada havo harorati 38,1 darajagaça kötarilib, mamlakat tarixidagi eng issiq beşinçi kun qayd etilgan. Frantsiyaning markaziy qismidagi Şatomeyyan şahrida esa termometrlar 42,5 darajani körsatgan. Parijda havo harorati 38 darajaga yetgan.
Issiq havo Italiyaning ğarbiy sohillari, Po vodiysi, janubiy hududlari va orollarida ayniqsa kuçli sezilmoqda. Mamlakatda qariyb 29 million kişi 35 darajadan yuqori jaziramaga duç kelişi kutilmoqda.
Ispaniyada ham qariyb 25 million kişi jazirama issiq tasirida qolgan. Mamlakat markaziy hududlarida harorat 37 darajagaça kötarilgan.
Buyuk Britaniyaning markaziy va janubiy Angliya hududlaridagi 40 ta nuqtada havo harorati 36 daraja va undan yuqorini taşkil qilgan. Meteorologlar mamlakat bu yil tarixdagi eng issiq yozni qayd etişi mumkinligini bildirgan.
Issiq havo tölqini Yevropaning turli hududlarida örmon yonğinlarini ham kuçaytirmoqda. Gretsiyaning şimolida örmon yonğini sababli yuzlab sayyohlar qayiqlarda evakuatsiya qilingan. Angliyaning markaziy qismidagi Uest-Midlends hududida esa qurğoqçilik şaroitida yuzaga kelgan yonğinlar uy-joylarga zarar yetkazgan.

Mutaxassislar Yevropani dunyodagi eng tez isiyotgan qita deb hisoblamoqda. Olimlar tobora tez-tez va kuçliroq kuzatilayotgan jaziramalarni inson faoliyati tufayli yuzaga kelayotgan iqlim özgarişi bilan boğlamoqda.
Tahlillarga köra, Turkiyani hisobga olmaganda, Yevropada qariyb 340 million kişiga havo harorati 30 darajadan oşişi prognoz qilingan. 35 darajadan yuqori harorat esa 135 milliondan ortiq odamga tasir qilişi kutilmoqda.
Şuningdek, takroriy jazirama va qurğoqçilik Yevropada örmon yonğinlarining kuçayişiga, daryolarning sayyozlaşişiga hamda minglab odamlarning halok bölişiga sabab bölayotgani qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropada kuzatilayotgan kuçli jazirama bir qator mamlakatlarni favqulodda çoralar körayotgani haqida xabar berilgan edi.