Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi janglarni töxtatişni taklif qildi
Ukraina Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik obektlariga qaratilgan hujumlarni özaro töxtatişni taklif qildi. Bu haqda masaladan xabardor manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Manbaga köra, Kiyev uşbu taklifni uçinçi tomon orqali Moskvaga yetkazgan. Hozirça Rossiya tomonidan rasmiy javob berilmagan.
Sönggi haftalarda Qora dengizdagi kemalar va portlarga uyuştirilayotgan hujumlar kuçayib, jahon oziq-ovqat taminoti böyiça xavotirlarni oşirgan. Rossiya va Ukraina dunyoning yirik qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportçilari hisoblanadi. Tomonlar esa bir-birini eksport uçun foydalanilayotgan kemalarga hujum qilişda ayblab kelmoqda.
Joriy yilning iyul oyi oxirida Rossiya tomonidan önlab kemalarga zarbalar berilgaç, köplab kema egalari Odessa viloyatidagi portlarga qatnovni töxtatgan. Şu sababli, Ukraina yuk taşişning muqobil yönalişlaridan foydalanişga majbur bölmoqd. Odessa mamlakatning don eksportidagi asosiy markazlardan biri hisoblanadi.
Öz navbatida, Ukraina hujumidan söng Rossiya Qora dengizdagi Novorossiysk portining uçala terminalida ham joriy yilning 13 va 14 avgust kunlari operatsiyalarni töxtatgan. Bu esa Rossiyaning don eksportini yanada qisqartirişiga olib kelişi mumkin. Kreml va Rossiya Taşqi işlar vazirligi Reuters'ning izoh söroviga darhol javob bermagan.
Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari Aleksandr Gruşko esa Moskva Qora dengiz böyiça rasmiy sulh taklifini olmaganini aytgan.
“Sönggi paytlarda turli moratoriylar va sulhlar haqida köplab çaqiriqlarni eşityapmiz. Bu ğoyalar turli kanallar orqali ilgari surilmoqda, biroq bizga heç qanday rasmiy taklif kelib tuşmagan”, degan u TASS agentligiga.
Malum qilinişiça, Rossiya 2022 yilda Ukrainaga bostirib kirganidan keyin BMT va Turkiya vositaçiligida Ukraina donining eksportini davom ettirişga imkon beruvçi kelişuv tuzilgan. Biroq Rossiya 2023 yilda uşbu bitimni uzaytirişdan boş tortgan.
Şundan söng, Ukraina yangi dengiz yölagini işga tuşirgan va u yaqindagi keskinlaşuvgaça faoliyat yuritib kelgan. Kiyevga köra, temir yöl yoki Dunay daryosi orqali amalga oşiriladigan muqobil eksport yönalişlari juda çeklangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya ham Rossiya va Ukrainaga Qora dengizdagi hujumlar yuzasidan xavotir bildirgandi hamda tomonlarni uşbu hududdagi zarbalarga moratoriy elon qilişga çaqirgan edi.