USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

200 ga yaqin kaltakesakni paypoqlar orasiga yaşirgan erkak uşlandi

442 марта
200 га яқин калтакесакни пайпоқлар орасига яширган эркак ушланди

Joriy yilning 8 avgust kuni Tokiodagi Xaneda aeroportida Meksikadan Janubiy Koreya orqali kelgan 23 yoşli erkakning yukidan 200 ga yaqin kaltakesak topildi. U sudralib yuruvçilarni bojxonaga deklaratsiya qilmasdan Yaponiyaga olib kirişga uringan. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Daniel Isaak Velasko Baltasar ismli erkakning çamadonidan kaltakesaklar 22 juft paypoq içiga solingan va futbolkalarga örab qöyilgan holda aniqlangan. Hayvonlardan biri çamadon oçilganida ölik bölgan. Erkak ularni ruxsatsiz olib kirganini tan olgan.

Kaltakesaklarning kamida 9 tasi faqat Meksikaning toğli örmonlarida uçraydigan va yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan Meksika alligator kaltakesaklari ekani aniqlangan. Ular xalqaro savdosi hukumat ruxsatini talab qiladigan hayvonlar röyxatiga kiritilgan.

Malumotlarga köra, gumondor kaltakesaklarni Meksikada har birini taxminan 560-750 iyenga sotib olgan. Yaponiyada esa uşbu hayvonlarning narxi 100 ming iyengaça yetişi mumkin. Şu sababli politsiya ularni sotiş maqsadida olib kirilgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Politsiyaga iyul oyi oxirida meksikalik fuqaro kaltakesaklarni mamlakatga yaşirinça olib kirib, sudralib yuruvçilar körgazmasida sotmoqçi ekani haqida anonim xabar kelib tuşgan. Şundan söng, Xaneda bojxona xodimlari ogohlantirilgan va erkak aeroportga kelganida uning yuklari tekşirilgan.

Ayni paytda rasmiylar çamadondan topilgan boşqa kaltakesaklarning turlarini ham aniqlamoqda. Yaponiyada ekzotik sudralib yuruvçilar bozori yirik bölib, avval ham aeroportlarda yuklar orasiga yaşirilgan toşbaqa, ilon va boşqa hayvonlar aniqlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi “Navoiy” çegara bojxona postida bolalardan foydalangan holda tilla quymalari va yirik miqdordagi naqd valyutani mamlakatdan noqonuniy olib çiqişga urinişlar aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: