USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Devor orasidan 9 mln yevrolik xazina topildi

526 марта
Девор орасидан 9 млн евролик хазина топилди

Belgiyaning Dendermond şahrida quriliş işçilari bino yertölasidagi devor orasiga yaşirilgan, qiymati qariyb 9 mln yevroga baholanayotgan oltin tangalar va quymalarni topdi. Bu haqda “vrtnws” xabar berdi.

Voqea joriy yilning 12 avgust kuni Sint-Gillis-Dendermond hududidagi Van Langenxovestraat köçasida joylaşgan binoni buziş işlari vaqtida yuz bergan. Işçilar kanalizatsiya quvurini yotqiziş uçun poydevorning bir qismini buzayotganida ğiştlar orasidan oltin tangalar va quymalarni topgan.

Xazinani birinçi bölib 18 yoşli Kobi ismli talaba körgan. U dastlab topilgan tangalarni 1 yevrolik oddiy tangalar deb öylagan.

“Avvaliga ular 1 yevrolik tangalar deb öyladim. Keyin oltin bölagi ham körindi. Şunda bu ança katta narsa ekanini angladik”, deydi Kobi.

Quriliş maydoni rahbari ham topilmadan hayratga tuşgan. Uning sözlariga köra, işçilar qazişni davom ettirgaç, yana köplab oltin tangalar va quymalarni topgan. Işçilar topilma haqida quriliş obekti egasi va politsiyaga xabar bergan. Hozir oltin xavfsiz joyda politsiya nazoratida saqlanmoqda.

Şarqiy Flandriya prokuraturasi xazinaning bu joyga qanday kelib qolganini aniqlaş uçun tergov olib bormoqda. Bino egasi vakilininng takidlaşiça, oltinning yaşirilişi qandaydir firibgarlik faoliyati bilan boğliq bölişi ham mumkin.

Ayni paytda topilmaning qonuniy egasi kim ekani va işçilarga mukofot beriladimi yoki yöqmi nomalum. Bu masalalar tergov yakunlari va qonuniy tartiblar asosida hal qilinadi.

“Quriliş sohasida 33 yildan beri işlayman. Bunday voqeaga birinçi marta duç kelişim”, deydi quriliş maydoni rahbari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada 2 ming yillik tarixga ega xazina topilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: