USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Frantsiyada 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoq taqiqlanmaydi

51 марта
Францияда 15 ёшгача бўлганлар учун ижтимоий тармоқ тақиқланмайди

Frantsiya Konstitutsiyaviy kengaşi 15 yoşga tölmaganlar uçun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni taqiqlaşni nazarda tutgan qonun loyihasini söz va muloqot erkinligi hamda şaxsiy hayot daxlsizligiga zid deb topib, rad etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qonun loyihasi 1 sentyabrdan 15 yoşga tölmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçişni taqiqlaş, avvaldan oçilgan akkauntlarni esa tört oy içida yopişni nazarda tutgan. Platformalardan yoşni tekşiriş tizimidan foydalaniş ham talab qilingan.

Biroq Konstitutsiyaviy kengaş qonun loyihasida yoşni tasdiqlaş qanday “şartlar va çegaralar” asosida amalga oşirilişi aniq belgilanmaganini takidlagan. Kengaş hujjat söz va muloqot erkinligini nomutanosib ravişda çeklaşi hamda şaxsiy hayot daxlsizligini taminlaş uçun zarur huquqiy kafolatlarni nazarda tutmaganini qayd etgan.

“Kengaş bahsli qoidalar, bir tomondan, söz va muloqot erkinligini nomutanosib ravişda çeklaydi, boşqa tomondan esa şaxsiy hayot daxlsizligi huquqini taminlaş uçun zarur bölgan huquqiy kafolatlarni nazarda tutmaydi, degan xulosaga kelgan”, deyiladi qarorda.

Frantsiya qonun çiqaruvçilari loyihani iyul oyida maqullagan edi. Bu bilan Frantsiya Yevropa davlatlari orasida Avstraliyadan keyin yoşlarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qilişga qaratilgan bunday çeklovni joriy etişga uringan birinçi mamlakat bölgan.

Avstraliya dekabr oyida dunyoda birinçi bölib 16 yoşga tölmaganlarga Facebook, Snapçat, TikTok va YouTube kabi platformalardan foydalanişni taqiqlagan. Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari va Turkiya kabi davlatlar ham yoşlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini çeklaş çoralarini joriy qilgan yoki rejalaştirgan.

Yevropa Ittifoqi bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi zararli funktsiyalardan himoya qilişni kuçaytirişni rejalaştirmoqda.

Ijtimoiy tarmoq kompaniyalari umumiy taqiqlarga qarşi çiqib, yoş foydalanuvçilarni himoya qiliş uçun yoş çeklovlari kabi çoralar mavjudligini takidlaydi. Google, Meta, Snap va TikTok munosabat bildiriş böyiça sörovlarga zudlik bilan javob bermagan.

Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Boş vazir Sebastyan Lekornyuga Konstitutsiyaviy kengaş etirozlarini hisobga olgan holda qonun loyihasini qayta işlaşni topşirgan.

Yelisey saroyi malum qilişiça, Makron islohot 2027 yil bahorigaça kuçga kirişini taminlaşga qatiy bel boğlagan. Öşa davrda Frantsiyada prezidentlik saylovi ötkaziladi, biroq Makron uçinçi muddatga nomzodini qöya olmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: