Tramp Hormuz böğozini AQŞ hududi deb elon qilmoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Hormuz böğozini AQŞ hududi deb elon qilişi mumkinligini aytdi. Bu haqda u keça, 14 avgust kuni Nyu-Yorkdagi çiqişi vaqtida malum qildi.
Trampning sözlariga köra, AQŞ Eron ustidan ğalaba qozonganidan söng Hormuz böğozi maqomi böyiça yangi qaror qabul qilişi mumkin.
“Yaqin orada Hormuz böğozini AQŞ hududi deb elon qilaman. Aslida ham şunday. Böğoz ustidan blokada örnatilgan va biz istamasak, heç bir kema öta olmaydi”, degan Tramp.
Uşbu bayonot AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralar natijasiz yakunlanayotgan bir paytda yangragan. Tehron Hormuz böğozini töliq oçiş uçun AQŞdan uruş oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplaş, sanktsiyalarni bekor qiliş va muzlatilgan aktivlarni qaytarişni talab qilmoqda.
Eron Taşqi işlar vaziri örinbosari Kozim Ğaribobodiy esa Trampning sözlariga munosabat bildirib, Hormuz böğozini oçiş yoki yopiş masalasi faqat Eron vakolatiga kirişini takidlagan.
Malumot uçun, Hormuz böğozi Fors körfazini Ummon körfazi bilan boğlaydigan strategik suv yöli bölib, dunyo bozoriga yetkazib berilayotgan neftning qariyb 20 foizi aynan şu hudud orqali taşiladi. Uruş boşlanganidan buyon böğozdagi çeklovlar energiya narxlarining oşişiga ham sabab bölmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Hormuz böğozi minalardan töliq tozalanganini va böğoz 100 foiz AQŞ harbiy-dengiz kuçlari nazoratida ekanini malum qilgan edi.