Qunduzlar örmon yonğinlari, qurğoqçilik va suv toşqinlariga qarşi kuraşmoqda
Yevropada bir vaqtlar deyarli yöq bölib ketiş arafasida turgan qunduzlar yana köpayib, tabiiy ekotizimlarni tiklaşda muhim rol öynamoqda. Bu haqda DW xabar berdi.
Malum qilinişiça, XX asr boşlarida qunduzlar möynasi, göşti va hid bezlari uçun ommaviy ravişda ovlangan. Oqibatda 1900 yilga kelib Yevropada yovvoyi Yevroosiyo qunduzlarining soni qariyb 1,5 mingtagaça kamaygan. Biroq qita böylab olib borilgan uzoq muddatli muhofaza va qayta tiklaş işlari natijasida bugungi kunda Yevropada qunduzlar soni 1,5 milliontagaça yetgan.
Qayd etilişiça, qunduzlar tabiatda öziga xos “muhandis” vazifasini bajaradi. Ular qurgan töğonlar suv oqimini sekinlaştirib, suv ifloslantiruvçi moddalarni filtrlaşga, suv toşqinlari va qurğoqçilik oqibatlarini kamaytirişga yordam beradi. Şuningdek, qunduzlar faoliyati yerosti suv zaxiralarini töldirişga xizmat qilib, botqoqliklar va daryo ekotizimlarining tiklanişiga hissa qöşmoqda.
Ayni paytda qunduzlar Ispaniyadan Rossiyagaça bölgan hududlarda yana keng tarqalib, tabiiy suv havzalari va botqoqliklarning qayta tiklanişiga tasir körsatmoqda. Mutaxassislar qunduzlarning tabiatda köpayişi nafaqat ularning öz populyatsiyasini saqlab qoliş, balki insonlarni iqlim özgarişi oqibatlaridan himoya qiliş uçun ham muhim ekanini takidlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropaning bir qator davlatlarida yangi kuçli jazirama tölqini kuzatilayotgani haqida xabar berilgan edi.