Tehron Trampning Hormuz böyiça bayonotiga javob qaytardi
Hormuz böğozini tvit bilan ham, aviataşuvçi kema bilan ham, farmon yoki saylovoldi nutqi bilan ham özlaştirib bölmaydi. Eron Taşqi işlar vazirining huquqiy va xalqaro masalalar böyiça örinbosari Kozim Ğaribobodiy AQŞ Prezidenti Donald Trampning böğoz AQŞ hududi deb elon qilinişi haqidagi fikrlariga javoban şunday dedi.
Uning sözlariga köra, Hormuz böğozi faqat Eronning buyruği bilan yopilişi va oçilişi mumkin hamda uni egallab olişning imkoni yöq.
“Tramp Eron mağlubiyatga uçragaç, tez orada Hormuz böğozini AQŞ hududi deb elon qilişini aytdi. Hormuz böğozini tvit bilan ham, aviataşuvçi kema bilan ham, farmon yoki saylovoldi nutqi bilan ham egallab bölmaydi. Eron tahdidlardan qörqmaydi va kuç körsatiş bilan qörqitişlarga taslim bölmaydi”, deb yozdi Kozim Ğaribobodiy özining X sahifasida.
Oldinroq Tehron Qöşma Ştatlarga Hormuz böğozini oçiş uçun oltita şart ilgari surgan edi. Eron Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik oliy kengaşi kotibi Muhammad Boğir Zulqadr AQŞ öz xulq-atvorini özgartirmaguniça Hormuz böğozi oçilmasligini malum qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron AQŞ bilan davom etayotgan uruşni Donald Trampning prezidentlik muddati yakunlangunga qadar çöziş variantini körib çiqayotgani haqida xabar berilgan edi. Undan oldinroq esa Vaşington va Tehron joriy yil 17 avgustda muddati tugaydigan 60 kunlik öt oçişni töxtatiş rejimini uzaytirişga kelişib olgandi.