USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Somon yöli kiçik galaktikani “yutib yuborgan” – tadqiqot

72 марта
Сомон йўли кичик галактикани “ютиб юборган” – тадқиқот

Somon yöli galaktikasi taxminan 11,8 milliard yil avval mitti galaktika bilan qöşilgan. Olimlar uşbu hodisa galaktika tarixidagi eng qadimgi malum yirik hodisa ekanini aniqladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Tadqiqotçilar Somon yölining markaziga yaqin hududda joylaşgan yulduz töplamlarini örganiş orqali galaktikalar töqnaşuvi izlarini aniqlagan. Buning uçun “Hubble” va “Gaia” kosmik teleskoplari yordamida Somon yölining markazidan 20 ming yoruğlik yiligaça bölgan hududdagi yulduzlarning yoşi, kimyoviy tarkibi va harakat yönalişi tahlil qilingan.

Malum bölişiça, öşa davrda Somon yöliga qöşilgan mitti galaktika “Low-energy-Kraken-Heracles” (LKH) deb nomlangan. Olimlarning hisob-kitoblariga köra, qöşiliş vaqtida undagi yulduzlarning umumiy massasi Quyoş massasidan 500 million barobar katta bölgan. Bu öşa paytdagi Somon yöli massasining qariyb çorak qismiga teng bölgan.

Tadqiqotçilar mazkur galaktik qöşiliş Katta portlaşdan taxminan 2 milliard yil ötib, koinot hozirgi yoşining 15 foiziga ham yetmagan davrda sodir bölganini aytmoqda.

Olimlarning fikriça, LKH galaktikasining Somon yöliga qöşilişi natijasida galaktikaga katta miqdorda yulduzlar, yulduzlararo gaz va qoronğu materiya kelib qöşilgan. Ayniqsa, gazlarning töqnaşuvi yangi yulduzlarning faol şakllanişiga turtki bergan bölişi mumkin.

Astrofizik Davide Massarining aytişiça, yulduzlar nuqtai nazaridan qaralganda, bu qöşiliş nisbatan “tinç” keçgan, yani yulduzlar bir-biri bilan töqnaşmagan. Biroq galaktikalardagi gazlarning özaro tasiri ança kuçli bölgan.

Olimlar Somon yöli tarixida bundan taşqari yana ikki yirik galaktik qöşiliş sodir bölganini aniqlagan. Ulardan biri taxminan 1,8 milliard yil ötib “Gaia-Sausage-Enceladus” mitti galaktikasining yutilişi, yana biri esa sönggi qariyb 6 milliard yil davomida “Sagittarius” mitti galaktikasi bilan davom etayotgan qöşiliş jarayonidir.

Tadqiqotçilar bunday galaktik qöşilişlarni örganiş Quyoş tizimi va Yerning qanday şakllanganini tuşunişda muhim ekanini takidlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq astronomlar yulduzga öxşab nur taratadigan, biroq energiyasi qora tuynuklarga xos bölgan yangi turdagi kosmik obektni aniqlagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: