Zelenskiy ofisining rahbar örinbosari uyida tintuv ötkazildi
Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Ukraina Prezidenti ofisining rahbari örinbosari Irina Mudraning uyida tintuv ötkazmoqda. Bu haqda Oliy Rada deputati Aleksey Gonçarenko malum qildi.
Qayd etilişiça, Ukraina Milliy korruptsiyaga qarşi kuraşiş byurosi (UMKkB) va Korruptsiyaga qarşi ixtisoslaştirilgan prokuratura (KQIP) deputatlar hamda yuqori martabali amaldorlarga aloqador jinoiy taşkilotni foş etiş böyiça maxsus operatsiya ötkazmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar malumotiga köra, uşbu taşkilotga amaldagi va sobiq xalq deputatlari rahbarlik qilgan. Uning faoliyatida prezident ofisining yuqori martabali amaldorlari va boşqa şaxslar ham iştirok etgani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari hozirça işda gumon qilinayotgan şaxslarning ismlarini oşkor qilmagan.
Oliy Rada deputati Aleksey Gonçarenko esa Irina Mudraning uyida tintuv ötkazilayotganini malum qilgan. U iş böyiça boşqa tafsilotlarni keltirmagan.
Şuningdek, Ukraina OAVlari operatsiya doirasida sobiq “Muxolifat platformasi – Hayot uçun” partiyasi deputati Vadim Stolar ham tilga olinganini yozmoqda. Iş tafsilotlari keyinroq elon qilinişi kutilmoqda.
Malumot uçun, Irina Mudra 2024 yilning mart oyida Vladimir Zelenskiy tomonidan prezident ofisi rahbari örinbosari etib tayinlangan. U prezident ofisida yuridik va huquqiy masalalarga masul. Bungaça u adliya vaziri örinbosari lavozimida işlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Frantsiyaning Parij şahridagi Yelisey saroyi – Frantsiya prezidenti qarorgohida korruptsiya işi doirasida tintuv ötkazilgandi.