USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Forrest Gamp” operatsiyasi: Zelenskiy öziga yaqin mulozimni işdan oldi

86 марта
“Форрест Гамп” операцияси: Зеленский ўзига яқин мулозимни ишдан олди

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Prezident devoni rahbari örinbosari Irina Mudrani lavozimidan ozod qildi. Bu haqda davlat rahbarining ofisi saytida elon qilindi.

Mudraning işdan böşatilişi Ukraina Korruptsiyaga qarşi milliy byurosi va Korruptsiyaga qarşi maxsus prokuratura tomonidan olib borilayotgan “Forrest Gamp” maxsus operatsiyasi fonida yuz bergan. Tergov amaldagi va sobiq deputatlar, Prezident devoni mansabdorlari hamda boşqa şaxslar iştirokidagi ehtimoliy korruptsiya sxemasiga aloqador.

Bungaça, huquqni muhofaza qiliş organlari Mudraning uyida tintuv ötkazayotgani haqida xabar berilgan edi. Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyakning aytişiça, tergov Mudraning davlatga qaraşli Sense Bank bilan aloqalarini ham örganmoqda. Uning sözlariga köra, Prezident devonidagi ayrim şaxslar Mudraga bank ustidan nazorat örnatiş topşiriğini bergan bölişi mumkin.

Tergovçilar, şuningdek, Sense Bank orqali sobiq energetika vaziri German Galuşenko uçun 150 million grivna miqdoridagi garov pulining bir qismi ötkazilgan bölişi mumkinligini ham tekşirmoqda.

Mazkur tergov Timur Mindiç bilan boğliq korruptsiya işiga ham borib taqaladi. Mindiç – Zelenskiyning sobiq hamkori va “Kvartal 95” studiyasi hammuassisi. 2025 yil noyabrida uning uyida tintuv ötkazilgandi.

Korruptsiyaga qarşi milliy byurosi va Korruptsiyaga qarşi maxsus prokuratura malumotlariga köra, tergovçilar Mindiçni “Energoatom” davlat korxonasida korruptsiya sxemasini boşqarganlikda gumon qilmoqda. Tergov versiyasiga köra, uşbu sxemada davlat korxonasi bilan şartnoma tuzgan kompaniyalardan 10-15 foiz miqdorida noqonuniy tölovlar undirilgan. Umuman olganda, sxema orqali qariyb 100 million dollar ötkazilgani aytilmoqda. Iş doirasida Oliy Rada deputati Vadim Stolarning uyida ham tergov harakatlari ötkazilgan.

Malumot uçun, Irina Mudra 2024 yil martidan buyon Prezident devoni rahbari örinbosari lavozimida işlab kelgan. U Prezident ofisida yuridik va huquqiy masalalarga masul. Bungaça u adliya vaziri örinbosari lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina Oliy Radasi Yevgeniy Xmarani mamlakat Mudofaa vaziri etib tayinlagandi. Uning nomzodini zarur bölgan 226 ta ovoz örniga 312 nafar deputat qöllab-quvvatlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: