USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yerdan 23 baravar oğir gigant toşli sayyora aniqlandi

133 марта
Ердан 23 баравар оғир гигант тошли сайёра аниқланди

Astronomlar Yerdan 2,5 baravar katta, massasi qariyb 23,5 baravar yuqori bölgan ğayrioddiy ziç ekzosayyorani aniqladi. GJ 523b deb nomlangan uşbu sayyora “mega-Yer“ deb atalib, sayyoralar şakllanişi haqidagi mavjud qaraşlarni qayta körib çiqişga sabab bölmoqda. Bu haqda “TRT Haber“ xabar berdi.

Tadqiqotga köra, GJ 523b taxminan 170 million yil avval şakllangan yoş tizimda joylaşgan. U öz yulduzi atrofida bir marta aylanişini taxminan 18 kunda yakunlaydi. Sayyoraning radiusi Yernikidan 2,55 baravar katta, ziçligi esa taxminan 7,8 gramm/kub santimetrni taşkil etadi.

Olimlarni hayratga solgan jihat şundaki, bunday katta massaga ega sayyora odatda katta miqdorda vodorod va geliy töplab, gaz gigantiga aylanişi kerak edi. Biroq GJ 523b juda ziç va asosan toşli tuzilişga ega bölib, unda qalin gaz qatlami mavjudligi haqida dalillar yöq.

Mutaxassislar sayyora dastlab qalin atmosferaga ega bölib, keyinçalik uni yöqotgan bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Yana bir ehtimolga köra, sayyoralar tizimining ilk davrida yuz bergan ulkan töqnaşuv natijasida gaz qatlamlari koinotga soçilib, ziç toşli yadro qolgan.

Tadqiqot hozirça taqriz jarayonida bölib, olimlar GJ 523b kabi “mega-Yer“larning qanday şakllanganini aniqlaş uçun qöşimça kuzatuvlarni davom ettirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yerdan taxminan 25 yoruğlik yili uzoqlikda, Jiraf (Kamelopardalis) yulduz turkumida joylaşgan GJ 3378b sayyorasi Yerdan taşqaridagi hayot uçun eng istiqbolli nomzodlardan biri bölişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Yangi tadqiqotning körsatişiça, u öz yulduzining hayot zonasida (yaşaş uçun qulay hududda) joylaşgan va unda suyuq suv mavjud bölişi uçun potentsial şaroitlar bor.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: