Tramp Oy va Marsni egallamoqçi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp keça, 20 avgust kuni mamlakatdagi tijoriy kosmik parvozlar sonini keskin oşirişga qaratilgan memorandumni imzoladi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.
Hujjatga köra, federal idoralar yangi raketa uçiriş va qayta qöniş maydonlari uçun davlat yerlarini örganişi kerak böladi. Oq uy 2030 yilga borib yiliga kamida 1000 ta raketa uçirilişi va Yerga qayta qönişi uçun şaroit yaratişni maqsad qilgan.
Qayd etilişiça, 2025 yilda AQŞda 178 ta kosmik uçiriş amalga oşirilgan. Bu körsatkiç 2013 yilga nisbatan 10 baravar yuqori bölib, uçirişlarning katta qismi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi hissasiga töğri kelgan.
Memorandumda davlat idoralariga xususiy kompaniyalar bilan hamkorlikda kosmik transport infratuzilmasini rivojlantiriş, ruxsat beriş va ekologik ekspertiza jarayonlarini tezlaştiriş hamda kosmik uçirişlar uçun yetarli radioçastota spektrini taminlaş topşirilgan.
Şuningdek, Tramp AQŞ astronavtlarini 2028 yilga qadar Oyga qaytarişni maqsad qilgan. Hujjat NASA'ga Oyga tijoriy transport qatnovlarini yölga qöyiş, Marsga robotlaştirilgan tijoriy missiyalarni taşkil etiş va odamlarni Marsga yuboriş imkoniyatlarini örganişni yuklaydi.
Oq uy Fan va texnologiyalar siyosati boşqarmasi direktori Maykl Kratsiosning aytişiça, yangi siyosat AQŞning kosmik sohadagi yetakçiligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Memorandumga köra, 90 kun içida yangi federal qayta qöniş maydoni aniqlanişi kerak. Bundan taşqari, davlat idoralari jamoat yoki milliy xavfsizlik talab qilmagan taqdirda xususiy kosmik kompaniyalar faoliyatiga tösqinlik qiladigan loyihalarni amalga oşirmasligi lozim.
Malumot uçun, SpaceX 2025 yilda 170 ta raketa uçirgan va orbitaga qariyb 2500 ta suniy yöldoş joylaştirgan. Kompaniya beş yil içida yiliga 10 mingtagaça uçirişni amalga oşirişni rejalaştirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ilon Mask kompaniyasining 8700 km/soat tezlikda harakatlanayotgan raketasi Oy yuzasiga borib urilgan edi.