USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainadagi savdo markazini bombaladi.  Qurbonlar bor

96 марта
Россия Украинадаги савдо марказини бомбалади.  Қурбонлар бор

Rossiya dronlarining Ukraina markazidagi Krivoy Rog şahridagi savdo markaziga bergan zarbalari oqibatida kamida 16 kişi halok böldi, 130 dan ortiq odam esa jarohatlandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, dronlar keça, 21 avgust kuni kunduzi şaharga hujum qilgan bölib, jarohatlanganlar orasida 22 nafar bola bor. Viloyat gubernatori Aleksandr Ganjaga köra, 29 kişi oğir ahvolda, ularning 5 nafari bolalardir.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hujumni “mutlaqo şafqatsiz va jirkanç” deb atagan. Uning aytişiça, birinçi dron zarbasidan taxminan yarim soat ötib, ikkinçi dron savdo markaziga urilgan va bu qutqaruv xizmatlari xodimlarini ham nişonga olişga qaratilgan ataylab qilingan hujum bölgan.

Bugun, 22 avgust kuni ertalab Ganja vayronalar ostida 9 kişi, jumladan 2 nafar bola bedarak yöqolganlar röyxatiga kiritilganini malum qilgan. Qayd etilişiça, qutqaruvçilar savdo markazi vayronalari ostida qidiruv işlarini davom ettirmoqda.

Şuningdek, Zelenskiy Rossiya hujumini “terrorçilik harakati” deb atab, xalqaro hamjamiyatni Moskvani javobgarlikka tortişga çaqirgan. 

“Biz, albatta, javob qaytaramiz”, degan Ukraina Prezidenti.

Malum qilinişiça, keça, 21 avgust kuni Ukrainaning janubidagi Nikolayev viloyati ham Rossiya droni hujumiga uçragan. Ukraina davlat OAVlariga köra, bu hujumda 3 nafari bola bölgan kamida 4 kişi halok bölgan, yana 1 ayol jarohatlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kiyevga Rossiya ballistik raketalari bilan berilgan zarbalar oqibatida 17 kişi halok bölgan edi. Şu bilan birga, Ukraina ham Rossiya hududidagi neft obektlari va logistika infratuzilmasiga hujumlarni kuçaytirib, Moskvaning uruş olib boriş imkoniyatlariga zarar yetkazişga harakat qilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: