Indoneziyada “Supermen” libosidagi öt öçiruvçi paydo böldi
Indoneziyaning Borneo orolida 17 yoşli Rudiyansa örmon yonğinlarini öçirişda “Supermen” libosida iştirok etib, ijtimoiy tarmoqlarda maşhur böldi. Bu haqda “The Waşington Post” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rudiyansa otasi taşkil etgan köngilli öt öçiruvçilar guruhiga qöşilgan. U bir kuni otasining yonğinni öçirişga tayyorlanayotganini körib, birga borişga qaror qilgan va şundan buyon Palangkarayya hududidagi yonğinlarni öçirişda otasi bilan birga iştirok etib keladi.
Malum qilinişiça, ösmir yonğinga çiqişda özining sevimli qahramoni “Supermen” kostyumini kiyib oladi. Uning yonğinni şlang orqali öçirayotgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, millionlab marta tomoşa qilingan. Indoneziya örmon xöjaligi vaziri ham Rudiyansaga etibor qaratib, uni “Örmon qahramoni” deb atagan.
Rudiyansaning aytişiça, u mahalliy aholiga yordam berayotganidan xursand. U kelajakda örmon reynjeri bölişni orzu qiladi va boşqa öt öçiruvçilar hamda köngillilarni yonğinga qarşi kuraşni davom ettirişga çaqirgan.
Yigitning otasiga köra, 2020 yilda guruh taşkil etilganidan beri joriy mavsum eng oğir keçmoqda. Qurğoqçilik tufayli quduqlar va köngillilar foydalanadigan boşqa suv manbalari qurib qolayotgani işni yanada qiyinlaştirgan.
Malumot uçun, Indoneziyada yanvardan iyulgaça yonğinlar 200 ming gektardan ortiq yerni yöq qilgan. Bu Jakarta şahri maydonidan qariyb uç barobar katta hudud bölib, hukumat yonğinlarga qarşi kuraşiş uçun qöşimça kuç va aviatsiya jalb qilgan. Yonğinlardan çiqqan tutun Indoneziya, Malayziya va Bruney örtasida bölingan Borneo orolining bir qismiga tarqalgan. El-Nino bilan boğliq qurğoqçilik esa yangi yonğinlar xavfini oşirib, ularni öçirişni qiyinlaştirmoqda.