Yangi Zelandiya ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi
Yangi Zelandiya hukumati 16 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasini parlamentga kiritdi. Qonun qabul qilinsa, Instagram, TikTok, Snapçat va Facebook kabi platformalarda foydalanuvçining yoşi tekşiriladi. Bu haqda DW xabar berdi.
Qonun loyihasiga köra, ijtimoiy tarmoq platformalari foydalanuvçining 16 yoşga tölganini tasdiqlaşi kerak böladi. Buning uçun yuz orqali yoşni aniqlaş texnologiyasi, raqamli identifikatsiya kabi vositalardan foydalaniş mumkin.
Yangi talablarni bajarmagan platformalarga ularning global daromadining 10 foizigaça jarima solinişi mumkin. Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlar yoş foydalanuvçilarga yetkazişi mumkin bölgan xavflarni baholaşi va ularni kamaytiriş böyiça körilgan çoralar haqida hisobot berişi talab etiladi.
Yangi Zelandiya Boş vaziri Kristofer Lakson bolalarga ijtimoiy tarmoqlar tasiri ortib borayotganini takidlagan. Hukumat malumotlariga köra, 13-17 yoşdagi bolalarning har uç nafaridan biri ijtimoiy tarmoqlarda kuniga kamida beş soat vaqt ötkazmoqda.
Talim vaziri Erika Stenfordning aytişiça, qonun doirasidagi majburiyatlar bolalar va ularning ota-onalariga emas, aynan ijtimoiy tarmoq platformalariga yuklatiladi. Bolalar, ota-onalar yoki vasiylarga nisbatan jarima qöllaş rejalaştirilmagan. Biroq qonun loyihasining kelajagi hozirça noaniq. Hukumat tarkibidagi NZ First va ACT partiyalari taklifning samaradorligiga şubha bildirib, unga qarşi çiqmoqda.
Yangi Zelandiya bu borada Avstraliya tajribasiga ergaşmoqda. Avstraliyada 16 yoşga tölmagan bolalar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni çeklaş qoidalari ötgan yili kuçga kirgan. Biroq avstraliyalik tadqiqotçilar tomonidan ötkazilgan tadqiqotda uşbu çora ösmirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişini sezilarli darajada kamaytirganiga dalillar kam ekani qayd etilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ozarbayjon rasmiylari 16 yoşga tölmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaşi haqida xabar berilgan edi.