Armanistonning sobiq prezidenti qölga olindi
Bugun, 25 avgust kuni ertalab huquq-tartibot idoralari xodimlari mamlakatning sobiq prezidenti Robert Koçaryanni qölga olib, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş qömitasiga olib bordi hamda uning uyida, şuningdek, muxolif “Armaniston” blogi deputati bölgan öğli Levon Koçaryanning xonadonida tintuv ötkazdi. Bu haqda “News am” xabar berdi.
Tergov harakatlari yana bir neça önlab manzillarda bölib ötmoqda. Idora zarur hollarda qöşimça malumotlarni oşkor qilişga vada bergan. Sobiq prezident idorasi yuz berayotgan voqealarni “hokimiyatning prezident Koçaryan va uning oilasiga navbatdagi hujumi” deb atagan.
Bir kun avval Levon Koçaryan va Boş vazir Nikol Paşinyan parlamentda bir-birlarini ayblagan. Kiçik Koçaryan hukumat rahbarini “Artsaxni halok qilgan va minglab odamlarning ölimiga sabab bölgan pastkaş va xoin” deb atagan. Paşinyan esa javoban Koçaryanlar oilasi nimaning hisobidan millioner bölganini söragan va uning azolarini javobgarlikka tortişga vada bergan.
Joriy yilning 24 avgust kuni keçqurun Armanistonning “Işxanutyun” naşri anonim manbalarga tayanib, dahanaki jangdan söng Paşinyan huquq-tartibot idoralariga Robert Koçaryan va uning öğillariga qarşi harakatlarni boşlaşni topşirgani haqida yozgan. Keyingi kuni ertalab tintuvlar boşlangan. Tergov harakatlari parlamentdagi mojaroning bevosita oqibati bölgani haqida dalillar mavjud emas.
Şuningdek, joriy yilning 17 iyun kuni Armaniston Markaziy saylov komissiyasi Koçaryanni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik bergan. Uning advokati Aram Orbelyanning sözlariga köra, sobiq prezidentga mansab vakolatlarini suiistemol qiliş va pul yuviş ayblovi qöyilişi rejalaştirilgan. Tergov işni 2004 yilda “Master-klass” tennis klubi yer maydoni bilan boğliq bitimga boğlagan: 2008 yilda sobiq prezidentning öğli Sedrak Koçaryan uşbu bitimda iştirok etgan kompaniyaning uluşini sotib olgan.
Korruptsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi 25 avgustdagi tintuvlar aynan uşbu iş bilan boğliqmi-yöqmi, hozirça aniqlik kiritmagan. Koçaryan Armanistonni 1998 yildan 2008 yilgaça boşqargan, hozirda esa “Armaniston” muxolif blogiga rahbarlik qiladi. 7 iyundagi parlament saylovlarida blok 12 ta mandat olgan.
Saylovdan biroz oldin Paşinyan sobiq prezident hibsga olinişi kerakligini aytgan.
“Saylovdan söng Robert Koçaryan hibsga olinişi va 1 martdagi jinoyati uçun sud oldida javob berişi kerak. 1 mart voqealarida aybdor bölganlar uzoq yillarni qamoqda ötkazişlari kerak”, degan u.
Gap Paşinyan hokimiyatga kelişiga sabab bölgan 2018 yilgi “Barxat inqilobi”dan söng Koçaryanga qarşi qözğatilgan iş haqida bormoqda. 2008 yil 1 mart kuni ommaviy norozilik namoyişlari vaqtida kuç işlatar tuzilmalar bilan töqnaşuvlarda 10 nafar namoyişçi halok bölgan. Koçaryan bir muddat hibsda ötirgan, ammo sudlanmagan. 2021 yil aprel oyida Armaniston Konstitutsiyaviy sudi Koçaryanga qöyilgan konstitutsiyaviy tuzumni ağdariş haqidagi moddani Asosiy qonunga zid deb topgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Peruning sobiq prezidenti Olyanta Humala Konstitutsiyaviy sud uning pul yuviş böyiça 15 yillik qamoq jazosini bekor qilganidan keyin qamoqdan ozod etilgandi.