USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şifoxonadagi dahşatli yonğinda 14 çaqaloq halok böldi

161 марта
Шифохонадаги даҳшатли ёнғинда 14 чақалоқ ҳалок бўлди

Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat şifoxonasida yonğin çiqişi oqibatida kamida 14 nafar çaqaloq halok böldi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilişiça, yonğin bugun, 26 avgust kuni soat taxminan 07:00 da “Pakistan Institute of Medical Sciences” (PIMS) şifoxonasining ona va bola salomatligi bölimida yuzaga kelgan. Dastlabki malumotlarga köra, yonğinga konditsioner tizimidagi nosozlik sabab bölgan.

Yonğin vaqtida bölimda 16 nafar yangi tuğilgan çaqaloq bölgan. Ulardan faqat bir nafari qutqarilgan. Şu bilan birga, Geo TV telekanali yonğinda halok bölganlar soni 15 nafarga yetganini xabar qilgan. Hodisa joyi örab olingan, şifoxona taşqarisida tez yordam maşinalari saf tortgan.

Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif voqea yuzasidan zudlik bilan tergov ötkazişni buyurgan. Uning idorasi bayonotida yonğin uçun masul şaxslar aniqlanişi va ularga nisbatan qatiy çoralar körilişi kerakligi bildirilgan.

Takidlanişiça, mazkur hodisa Pokistonda sönggi yillarda sodir bölgan eng köp halokatli şifoxona yonğinlaridan biri bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Jazoir poytaxti yaqinidagi bolalar uyida sodir bölgan yonğin oqibatida kamida 11 kişi halok bölib, yana 19 kişi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: