Gulluning qizi onasini öldirişni rejalaştirganmidi? Yangi kadrlar paydo böldi
Turkiyalik xonanda Gulluning ölimi böyiça tergovda yangi videokadrlar paydo böldi. Unda xonandaning qizi Tuğyan Ulkem Gulter voqeadan keyin politsiya xodimlari bilan birga uyga kirib kelgani va vahima içida onasining ahvoli haqida qayta-qayta söragani aks etgan. Bu haqda “Haberler” xabar berdi.
“Gullu” nomi bilan tanilgan 52 yoşli Gul Tut 2025 yilning 26 sentyabr kuni Yalova viloyati Çinarjik tumanidagi uyining 6-qavatidan yiqilib, vafot etgandi. Öşa vaqtda u qizi va uning dugonasi bilan birga bölgan. Dastlab hodisa baxtsiz voqea sifatida baholangan. Xonandaning öğli ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uning öz joniga qasd qilgani haqidagi xabarlarni rad etib, onasi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganini bildirgan.
Biroq keyinçalik iş böyiça tergov davom ettirilib, xonandaning qizi Tuğyan Ulkem Gulter va uning dösti Sulton Nuröğli gumonlanuvçiga aylangan. Gulter “qasddan odam öldiriş” ayblovi bilan hibsga olingan, Sulton Nuröğliga esa uy qamoği tayinlangandi.
Tergov malumotlariga köra, hodisa sodir bölgan keçasi Tuğyan dösti Sulton Nuröğlidan onasi yaxşi köradigan “Malkata” nomli löli kuyini qöyişni söragan. Gullu hammomdan çiqqaç, musiqa ovozini eşitib, qizining xonasiga kirgan. U yerda birga qöşiq kuylab, raqsga tuşgan. Prokuratura qöşiq Gulluni aynan şu xonaga olib kiriş uçun ataylab qöyilgan, deb hisoblagan.
Şuningdek, Istanbul texnika universiteti tomonidan hodisa vaqtida yozib olingan kamera audioyozuvlari tahlil qilingan. Ekspert xulosasida Gullu yiqilişi oldidan yoş ayol ovozida masxaralaş va quvnoq ohangda “Xöş, körişamiz” degan gap eşitilgani qayd etilgan. Prokuratura bu sözlarni Tuğyan aytgan, degan xulosaga kelgan. Ayblov xulosasida şundan keyin u onasini ikki qöli bilan sonlaridan uşlab, oyoqlarini yerdan uzgan va derazadan uloqtirgani aytilgan.
Hodisa vaqtida xonada bölgan Sulton Nuröğli dastlab Gullu mast bölgani va derazadan özi yiqilgani haqida körsatma bergan. Keyinçalik esa voqea boşqaça sodir bölganini aytgan. Uning keyingi körsatmalarida Tuğyan onasini derazadan uloqtirgani aytilgan. Şuningdek, uning advokati bilan telefon orqali yozib olingan suhbatida guvoh Tuğyan jazodan qutulib qolişini istamasligini, prokuraturaga borib haqiqatni aytişini bildirgani aniqlangan. Prokuratura uşbu audioyozuv guvohning keyinçalik bergan körsatmalarini tasdiqlaydi, deb hisoblagan.
Sud-tibbiy va toksikologik ekspertizaning natijalariga köra, Gulluning qonida 3,53 promille alkogol aniqlangan. U qabul qilgan dorilar zaharli miqdorda bölmagan. Şuningdek, uning zaharlanganini körsatuvçi tibbiy dalillar topilmagan. Xonanda 18 metr balandlikdan beton yuzaga tuşgani va boş suyagi, umurtqa poğonasi, içki azolari hamda yirik qon tomirlari jarohatlangani oqibatida içki qon ketişidan vafot etgani qayd etilgan.
Yalova Boş prokuraturasi 11 oy davom etgan tergovni yakunlagan. Şuningdek, prokuratura xabarlar, guvohlarning körsatmalari, audiokörsatmalar transkriptsiyasi, ekspertiza xulosalari va hodisadan keyingi xatti-harakatlarni birgalikda baholab, Tuğyan Ulkem Gulter onasini öldirişni oldindan rejalaştirgan, degan xulosaga kelgan. Ayblov xulosasida hibsda saqlanayotgan gumonlanuvçiga “töğri nasabdagi qarindoşini qasddan öldiriş” ayblovi bilan afv etiş imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosi beriş söralgan.
Sulton Nuröğliga esa “yolğon körsatma beriş” ayblovi bilan 4 yilgaça qamoq jazosi söralgan. Sud jarayoni yaqin kunlarda boşlanişi kutilmoqda.
Endi elon qilingan yangi kadrlarda esa Tuğyan Ulkem Gulter politsiya xodimlari bilan birga xonadonga kirib kelayotgani körinadi. Keyingi tasvirlarda u vahima içida politsiyaçilardan bir neça bor: “Onam nega bunday gapiryapti, onam yaxşimi?” deb söragan. Kadrlarda Sulton Nuröğli ham aks etgan.