Çempionlikni nişonlayotgan 13 yoşli bola vafot etdi
Bugun, 20 iyul kuni Ispaniya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidagi ğalabasini nişonlaş vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 13 yoşli bola halok böldi. Bu haqda şahar hokimiyatiga tayanib, “Europa Press” xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa Ispaniyaning Syudad-Rodrigo şahri markazidagi maydonda sodir bölgan. Ösmir Ispaniya ğalabasini nişonlayotgan boşqa yoşlar bilan birga favvora ustiga çiqqan. Şu payt inşootning bir qismi qulab tuşib, toş bölaklaridan biri uning ustiga tuşgan.
Voqea joyiga zudlik bilan politsiya va qutqaruvçilar yetib borgan. Ular birinçi tibbiy yordam körsatişga uringan, biroq ösmir olgan oğir jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Dastlabki malumotlarga köra, hodisa oqibatida yana uç kişi oğir tan jarohati olgan.
Eslatib ötamiz, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati finalida Argentinani qöşimça vaqtda 1:0 hisobida mağlub etib, öz tarixida ikkinçi marta jahon çempioniga aylangan edi.