Tailandda 8 nafar rohibni maşina bosib ketdi
Bugun, 2 iyul kuni Tailandda sakkiz nafar rohib pikap bosib ketişi oqibatida halok böldi, yana 13 kişi oğir jarohat oldi. Dastlabki malumotlarga köra, gumonlanuvçi voyaga yetmagan şaxs. Bu haqda “Thai Enquirer” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, YTH mahalliy vaqt bilan soat taxminan 11:55 da Ming tumanidagi Xuay Sing qişloği yaqinida yuz bergan. Öndan ortiq rohib “Wat Roi Phra Phutthabat Phu Manorom” ibodatxonasida tuşlik qilgandan söng Don Tan tumani tomon piyoda yöl olgan. Harakatlaniş vaqtida ularning guruhiga pikap maşinasi kelib urilgan.
Voqea joyiga politsiya va qutqaruv xizmati xodimlari yetib borgan. Jarohatlangan rohiblar şifoxonaga yetkazilgan va ularga tibbiy yordam körsatilmoqda.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Dastlabki malumotlarga köra, pikap rulida 11 yoşli bola bölgan bölişi mumkin. Biroq politsiya hozirça haydovçining yoşini rasman tasdiqlagani yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Meksikaning Kaba-San-Lukas şahrida milliy terma jamoaning Jahon çempionatidagi ğalabasini nişonlaş çoğida avtomobil muxlislar ustiga bostirib borgandi. Oqibatda 17 kişi jarohat olgan.