Qozoğiston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqçi
Qozoğiston hukumati tomonidan 16 yoşdan kiçik bölgan foydalanuvçilarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev malum qildi.
“Ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar, suniy intellekt va agressiv marketing bolalarning dunyoqaraşiga oila va maktabdan kam bölmagan darajada tasir körsatmoqda. Ösib kelayotgan avlodning psixologik farovonligi, emotsional barqarorligi va axloqiy tarbiyasi allaqaçon milliy xavfsizlik hamda mamlakatning barqaror rivojlanişining muhim omillariga aylandi.
2018 yilda qabul qilingan “Bolalarni ularning soğliği va rivojlanişiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida”gi qonun zamonaviy voqelikda qayta körib çiqişni va jiddiy özgartirişlar kiritişni talab qilmoqda. Hukumat tomonidan 16 yoşdan kiçik bölgan foydalanuvçilarning ijtimoiy tarmoqlarda röyxatdan ötişini taqiqlaşni nazarda tutuvçi qonun loyihasi işlab çiqildi (iyun oyida Parlamentga kiritilgan)”, deydi Qozoğiston rahbari.
Töqayev Qurultoyning birinçi sessiyasi oçilişida deputatlarga uşbu masalani körib çiqişni taklif qilişini qöşimça qilgan.
“Zotan, köplab ilğor mamlakatlar tomonidan şunga öxşaş qadamlar allaqaçon qöyilgan. Menimça, biz ham oqibatlarni bartaraf etişdan bolalarning psixologik holatiga tahdid soluvçi omillarning oldini olişga ötişimiz lozim, aks holda bu jamiyatdagi barqarorlikka salbiy tasir körsatişi mumkin.
Hukumat bolalarni himoya qiliş maqsadida kontentni filtratsiya qiliş böyiça çoralar körişi kerak. Bir qator malum va yetarliça xolis sabablarga köra faqat ota-onalarning masuliyatiga tayanib bölmaydi. Şu sababli axborot immunitetini taminlay oladigan majburiy bolalar SIM-kartalarini joriy etişni kengaytirişni topşiraman”, deydi davlat rahbari.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanişi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.