Tramp AQŞ razvedka rahbarini Moskvaga yaşirinça yuborgan – WSJ
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Jon Retkliffni Moskvaga maxfiy safarga şaxsan özi yuborgani malum böldi. Bu haqda amerikalik amaldorlarga tayanib “The Wall Street Journal” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Retkliffning Rossiyaga diplomatik missiyasi “şu qadar nozik” bölganki, hatto Oq uyning ayrim yuqori martabali xodimlari ham bu haqda oldindan bilmagan.
Ayrim yevropalik amaldorlarning aytişiça, MRB rahbarining Moskvaga yaşirin taşrifi haqidagi xabarlar paydo bölgaç, ular zudlik bilan safar tafsilotlarini aniqlaşga kirişgan.
Avvalroq, Retkliff joriy yilning 25 avgust kuni Moskvaga NATO davlatlariga hujum qiliş mumkin emasligi haqida ogohlantiriş uçun borgani haqida xabar berilgan edi.
Biroq Tramp bu malumotni rad etib, MRB rahbarining taşrifi oddiy iş safari bölganini aytgan.
Şuningdek, TXR rahbari ham Sergey Narişkin Retkliff bilan uçraşganini tasdiqlagandi. Uning aytişiça, u “deyarli har hafta” dunyoning turli qitalaridagi razvedka xizmatlari rahbarlari bilan uçraşib turadi.
Trampning takidlaşiça, Retkliff Rossiya Taşqi razvedka xizmati (TXR) rahbari Sergey Narişkin bilan “har olti oyda yoki yiliga bir marta” uçraşib turadi va ular örtasida “juda yaxşi munosabatlar” mavjud.
Tramp, şuningdek, Rossiya NATO davlatlariga hujum qiliş niyatida emasligiga işonişini bildirgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Ğarb OAVlarining Moskvaning NATO davlatlariga nisbatan rejalari haqidagi xabarlarini “voqelikni buzib körsatiş” va “gazeta uydirmalari” deb atagan. Uning sözlariga köra, Ğarbda Rossiyaning rejalari haqida köplab “qörqinçli hikoyalar” tarqatilmoqda, biroq ular Rossiyaning na real niyatlarini, na amaldagi vaziyatni aks ettiradi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Rossiyaning NATO davlatlari bilan uruşişdan “heç qanday sababi va manfaati yöq”ligini bildirgan.
Eslatib ötamiz, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff joriy yilning 25 avgust kuni Rossiya poytaxti Moskvaga elon qilinmagan muzokaralar uçun borgan edi.