USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dunyoda milliarderlar soni rekord darajada köpaydi

82 марта
Дунёда миллиардерлар сони рекорд даражада кўпайди

Dunyodagi milliarderlar soni 2025 yilda rekord darajada köpayib, 3 795 nafarga yetdi. Bu esa bir yilda 8,2 foizlik ösişni anglatadi. Bu haqda “Altrata”ning joriy yilgi “Billionaire Census” hisobotida keltirilgan.

Milliarderlarning jami boyligi bir yilda 12,8 foizga oşib, rekord darajadagi 15,1 trillion dollarga yetgan. Sönggi ön yilda esa ularning soni qariyb 60 foizga köpaygan. Hisobotda qayd etilişiça, milliarderlar boyligining ösişida suniy intellektga yönaltirilgan investitsiyalar muhim rol öynagan. Suniy intellektga salmoqli sarmoya kiritgan, milliarderlar boyligiga eng katta hissa qöşuvçi 150 ta kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 2024–2025 yillarda bunday investitsiya qilmagan kompaniyalarga nisbatan 23 foiz tezroq ösgan.

Milliarderlar soni böyiça AQŞ – 1 265 nafar bilan birinçi örinda. Xitoyda 363 nafar, Germaniyada 221 nafar, Hindistonda 191 nafar milliarder bor.

Hududlar kesimida esa Şimoliy Amerika yetakçilik qilmoqda, yani u yerda 1 337 nafar milliarder istiqomat qilayotgani qayd etilgan. Yevropada 1 081 nafar, Osiyoda 881 nafar milliarder bor.

Şuningdek, hisobotga köra, keyingi ön yilda milliarderlar tomonidan 6,6 trillion dollarlik boylik meros qilib qoldirilişi kutilmoqda. Bundan qariyb 5 ming nafar voris – milliarderlarning turmuş örtoqlari va voyaga yetgan farzandlari manfaat körişi mumkin.

Eslatib ötamiz, joriy yilning aprel oyi holatiga köra, dunyodagi milliarderlar soni ötgan 12 oy içida 13 foizga ösib, rekord darajani qayd etgani va 3 302 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: