Töqayevga yaqin partiya yetakçisi Qurultoy raisi böldi
Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev “Adolat” partiyasi rahbari Oybek Dadaboy nomzodini yangi tuzilgan Qurultoy raisi lavozimiga taklif qildi va deputatlar uni yaşirin ovoz berişda bir ovozdan qöllab-quvvatladi. Bu haqda Oqörda xabar berdi.
Töqayevning aytişiça, yangi Konstitutsiyaga muvofiq hokimiyat institutlari öz faoliyatini boşlaşi uçun qator taşkiliy va protsedura masalalarini hal qiliş zarur. Jumladan, avvalo Qurultoy rahbariyatini saylaş va uning tuzilmasini şakllantiriş kerak.
Prezident Konstitutsiyaning 57-moddasiga muvofiq Qurultoy raisi lavozimiga nomzodni davlat rahbari ilgari surişini takidlagan.
“Men Dadaboy Oybek Arkaboy öğli nomzodini uşbu masuliyatli lavozimga taklif qilaman”, degan Qosim-Jomart Töqayev.
Davlat rahbari Oybek Dadaboy amalda bilimli, vatanparvar va masuliyatli fuqaro ekanini isbotlaganini aytib, Qurultoy deputatlaridan uning nomzodini qöllab-quvvatlaşni söragan.
Şundan söng, deputatlar örtasida yaşirin ovoz beriş ötkazilgan. Unda Qurultoy deputatlari Oybek Dadaboy nomzodini bir ovozdan maqullagan va u Qozoğistonning yangi bir palatali parlamenti – Qurultoy spikeri etib saylangan.
Malumot uçun, Oybek Dadaboy 1980 yil 1 aprel kuni Olmaota şahrida tuğilgan. U Ablayxon nomidagi Qozoq xalqaro munosabatlar va jahon tillari universitetini tamomlagan, şuningdek, mintaqaşunoslik böyiça magistr darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2001 yilda diplomatik sohada attaşe va uçinçi kotib lavozimlaridan boşlagan. Keyinçalik Qozoğistonning BMTdagi doimiy vakili bölib işlagan va turli davlat idoralarida faoliyat yuritgan. U 2022-2024 yillarda Qozoğiston Prezidenti işlari boşqaruvçisi, 2024-2026 yillarda esa Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimida işlagan. Oybek Dadaboy 2026 yil 7 may kuni “Adolat” partiyasi rahbari etib saylangan edi. U Qurultoy spikeri lavozimiga saylanişidan oldin ham mazkur partiyaga rahbarlik qilib kelgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 23 avgust kuni Qozoğistonda yangidan taşkil etilgan bir palatali Qurultoy deputatlari saylovi bölib ötgandi.