Xitoylik yuqori martabali mulozim ölimga hukm qilindi
Xitoyda Xubey provintsiyasi Kommunistik partiyasi qömitasining sobiq kotibi 111 million dollar miqdorida pora olganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda CCTV xabar berdi.
“Nankin şahar örta bosqiç xalq sudi Tszyan Çaolyanni 746 million yuandan ortiq miqdorda pora oliş böyiça oçilgan iş yuzasidan ölim jazosiga hukm qildi”, deyiladi xabarda.
Hukmning ijro etilişi ikki yilga keçiktirilgan. Agar uşbu vaqt içida Tszyan Çaolyan heç qanday huquqbuzarlik sodir etmasa, hukm muddatidan ilgari şartli ozod qiliş yoki jazoni yengillaştiriş huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almaştiriladi.
Malumot uçun, Tszyan Çaolyan 2016 yilning oktyabr oyidan 2020 yilning fevraliga qadar provintsiya partiya qömitasi kotibi lavozimida işlagan. Bungaça u Tszilin provintsiyasi gubernatori, Xitoy Qişloq xöjaligi banki raisi, Xitoy Taraqqiyot banki prezidenti va Aloqa banki raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tergov taxminiga köra, u 1995 yildan 2025 yilgaça bölgan davrda turli kompaniya va jismoniy şaxslarga şartnomalar tuziş va lavozimda kötarilişda yordam berib kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy Markaziy harbiy kengaşidagi (MHK) lavozimlaridan generallar Çjan Yusya va Lyu Çjenli ozod etilgandi.