Britaniyalik siyosiy şarhlovçi AQŞda hibsga olindi
Britaniyalik öng qanot siyosiy şarhlovçi Maylo Yanopulos AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati tomonidan hibsga olindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilişiça, 41 yoşli Yanopulos keça, 28 avgust kuni Luiziana ştatidagi Lui Armstrong Nyu-Orlean xalqaro aeroportida qölga olingan.
AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi malumotlariga köra, Yanopulos 2019 yil may oyida Nyu-York orqali AQŞga qonuniy ravişda kirgan. Biroq u vizasi muddati tugaganidan keyin mamlakatni tark etmagan.
Vazirlikning bildirişiça, Yanopulos immigratsiya böyiça sud majlisiga kelmagan. Şu sababli joriy yilning 22 iyul kuni immigratsiya sudyasi uni AQŞdan çiqarib yuboriş töğrisida yakuniy qaror qabul qilgan. U deportatsiya qilinişiga qadar Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati hibsxonasida qoladi.
Malumotlarga köra, Yanopulos özining öng qanot qaraşlari, islomga qarşi bayonotlari va AQŞda immigratsiya nazoratini kuçaytirişni qöllab-quvvatlaşi bilan tanilgan.
U 2025 yil iyun oyida Kaliforniyada supermarketlar, yoqilği quyiş şoxobçalari, savdo markazlari va davlat binolari oldida Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati nazorat punktlarini taşkil etiş hamda AQŞda qonuniy yaşayotganini tasdiqlay olmaydiganlarni joyida deportatsiya qiliş kerakligini yozgan.
Malumot uçun, Maylo Yanopulos 1984 yilda Buyuk Britaniyada tuğilgan. U jurnalist, siyosiy şarhlovçi va publitsist sifatida tanilgan. Yanopulos öta öng qanot qaraşlari, feminizm va islomga qarşi keskin bayonotlari bilan maşhur bölgan. 2014–2017 yillarda “Breitbart News” naşrida muharrir bölib işlagan.