USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ va Eron bir-birining obektlariga zarba berdi

102 марта
АҚШ ва Эрон бир-бирининг объектларига зарба берди

Eron harbiylari 31 avgustga ötar keçasi Iordaniyadagi ikkita bazaga hujum qilib, vertolyotlarga şikast yetkazdi va dronlarni yöq qildi. Bu haqda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) malum qildi.

“Faysal qiroli va Şahzoda Hasanning Iordaniyadagi bazalariga uyuştirilgan raketa va dronlar hujumidagi javob çoralarining birinçi bosqiçida F-15 samolyotlariga xizmat körsatiş angariga zarba berildi. Bundan taşqari, hujum davomida dronlarni tayyorlaş angari va 8 ta MQ-9 droni pölatday yöq qilindi, yana ikkitasi jiddiy şikastlandi”, deyiladi IIMK matbuot xizmati bayonotida.

Tehron, şuningdek, AQŞning ikkita vertolyoti şikastlanganini hamda harbiylar joylaşgan markazga berilgan zarbalar oqibatida halok bölganlar va yaradorlar borligini takidlamoqda. IIQKning aniqlik kiritişiça, uşbu zarbalar Eronning Larak oroliga qilingan Amerika-Isroil havo hujumiga javob bölgan.

AQŞ Markaziy qömondonligi Larak orolidagi IIQKga tegişli ikkita raketa qurilmasiga zarba berilganini malum qildi. Eron uşbu qurilmalardan Hormuz böğiziga dengiz minalari örnatilgan raketalarni uçirişda foydalanmoqçi bölgani taxmin qilinmoqda.

Şu bilan birga, “Fox News” telekanali manbaga tayanib xabar berişiça, AQŞning Iordaniyadagi bazalariga hozirça sezilarli zarar yetkazilmagan, deyarli barça zarbalar qaytarilmoqda. “Reuters” agentligi Iordaniya hukumatiga tayanib xabar berişiça, qirollik qöşinlari mamlakat havo hududiga kirgan 8 ta raketani tutib olişga muvaffaq bölgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: