Nepaldagi köçki va suv toşqini qurbonlari soni 900 kişidan oşdi
Nepaldagi köçki va suv toşqini oqibatida halok bölganlar soni 900 kişidan oşdi. Bu haqda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş milliy boşqarmasi xabar berdi.
Idora malumotlariga köra, 10 ming 461 kişini qutqarişga muvaffaq bölingan. Qarib 4 ming 200 nafar mahalliy aholi va sayyohlar bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Tunnellarda gidroenergetika obektlarining kamida 933 nafar xodimi tösilib qolgan bölişi mumkin.
Toşqin bir neçta aholi punktlari, yöllar va gidroenergetika obektlarini vayron qildi. şuningdek, loyqa-seli oqimi Xitoyning Tibet muxtor tarmoğidagi Girung uyezdida joylaşgan çegara punktini ham yuvib ketdi.
Eslatib ötamiz, 26 avgust ertalab Nepalda muz va toş köçkisi tuşişi oqibatida suv toşqini yuz berib, Bxote-Koşi daryosida suv sathining keskin kötarilişiga olib keldi.