USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yerlan Karin Qozoğiston vitse-prezidenti böldi

84 марта
Ерлан Карин Қозоғистон вице-президенти бўлди

Yerlan Karin Qozoğiston vitse-prezidenti etib tayinlandi. Qurultoy deputatlari uşbu lavozimga uning nomzodini qöllab-quvvatladi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.

Qayd etilişiça, bugun, 31 avgust kuni Qurultoyning yalpi majlisida Prezident Qosim-Jomart Töqayev vitse-prezidentlik lavozimiga Yerlan Karin nomzodini taklif qilgan.

“Erlan Karinni mamlakatda yaxşi tanişadi. U davlat boşqaruvi tizimida uzoq yillar işlagan, keng dunyoqaraş, boy tajribaga ega va haqiqiy patriot. U keng kölamli islohotlarni amaliy amalga oşirişda iştirok etgan, uzoq muddatli davlat strategiyasi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş istiqbollari haqida aniq tasavvurga ega. Şu bois Yerlan Tinimbayöğli Karinni uşbu lavozimga munosib deb bilaman. Qurultoydan uning nomzodini qöllab-quvvatlaşni sörayman”, deydi Qosim-Jomart Töqayev Qurultoy oldida sözlagan nutqida.

Qurultoy deputatlari uşbu taklifni maqullagan. 145 nafar deputatdan 141 nafari Yerlan Karin nomzodini yoqlab ovoz bergan. Ovoz beriş protsedurasidan söng Karinning özi sözga çiqqan.

“Oxirgi 5-7 yil içida mamlakatimizning barça sohalarida ijobiy özgarişlar yuz berdi. Siz aytganingizdek, Qosim-Jomart Kemelöğli, Qozoğiston barqarorlaşdi, oxirgi 5 yilda sezilarli özgarişlar böldi va xalq buni his qilmoqda. Hurmatli Qosim-Jomart Kemelöğli, siz teş-tez aytadigan sözlar bor: har bir fuqaro uçun Vatanga xizmat qiliş — bu katta baxt va yuksak şarafdir. Mening çekimga ham ana şunday şaraf tuşdi. Işonçingiz uçun sizga minnatdorlik bildirmoqçiman. Qaysi lavozimda bölmaylik — öz vazifalarimizni halol bajarişga va Vatanga xizmat qilişga, şuningdek, mamlakatimiz farovonligi yölida sidqidildan mehnat qilişga qasam içaman!

Keyingi maqsad — konstitutsiyaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş va ularni jamiyatda amalga oşiriş — biz uçun boş vazifadir. Mamlakatimizda keçayotgan ijobiy özgarişlar Vatanimiz farovonligiga qaratilgan.

Hurmatli Qurultoy deputatlari, sizni mamlakatimiz farovonligi yölidagi umumiy maqsadlarimizni birgalikda amalga oşirişga çaqiraman”, deydi Yerlan Karin.

Keyinçalik Töqayev Karin va Bektenovni tayinlaş töğrisidagi farmonlarni imzolagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qosim-Jomart Töqayev Qurultoyning yalpi majlisida boş vazir lavozimida Oljas Bektenovni qoldirişni taklif qilgani va deputatlar taklif etilgan nomzodni maqullagani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: