“Meni osib qöyişadi”: Putin uruşni tugatişdan qörqmoqda
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi uruşni Donbassni töliq egallaş kabi minimal maqsadga erişmasdan yakunlaş öz hayoti uçun xavf tuğdirişidan xavotirda. Bu haqda Kremlga yaqin manbalarga tayanib, “The Economist” xabar berdi.
Naşr manbalaridan birining aytişiça, Putin uruşni heç bölmaganda Donbassning töliq egallanişiga erişmasdan yakunlaş uning hayotiga xavf tuğdirişi mumkin, deb hisoblaydi.
“Ular meni osib qöyişadi”, degan Putin öziga yaqin kişilarga.
Biroq Rossiya rahbari uçun uruşni hozirgi suratda davom ettiriş ham muammoli bölib qolmoqda. Naşrga köra, Rossiya armiyasi bir neça yildan beri frontda hal qiluvçi buriliş yasay olmayapti. Şu sababli Kreml uruşni şu holatda davom ettirişdan köra, harbiy harakatlarni kuçaytirişni maqul körmoqda.
“The Economist” manbalariga köra, Putin frontga yana 300-400 ming rossiyalikni yuborişni rejalaştirmoqda. Buning uçun yangi safarbarlik elon qilinişi şart emas. Çunki 2022 yil sentyabr oyida elon qilingan safarbarlik töğrisidagi farmon hanuz kuçda.
Yangi askarlarni jalb qiliş vazifasi esa hududiy hokimiyatlarga yuklanişi mumkin. Ular mahalliy aholi orasida bosim ötkaziş orqali kerakli miqdordagi erkaklarni uruşga jalb qilişga urinadi. Manbalar yangi tizim allaqaçon Rossiyaning Penza viloyatida sinovdan ötkazilayotganini bildirgan. U yerda erkaklar köçalarda uşlanib, majburan uruşga yuborilayotgani aytilmoqda.
Şuningdek, naşr Rossiya tomonidan eskalatsiyaning boşqa yönalişlari ham bölişi mumkinligini yozgan. Xususan, Ukraina ittifoqçilariga qarşi gibrid operatsiyalar va diversiyalarni kuçaytiriş ehtimoli bor.
Ğarb maxsus xizmatlari Rossiya Ukrainaga qurol-yaroğ va harbiy texnika yetkazib beruvçi Yevropadagi zavodlarga hujum qilişi mumkinligidan xavotirda. Biroq ular Putin NATO bilan töğridan-töğri harbiy töqnaşuvga borişni istamaydi, deb ham hisoblamoqda.
Şuningdek, Putin Rossiya içida öz siyosatiga qarşi bölganlarga nisbatan repressiyalarni kuçaytirişi mumkin. “The Economist” manbalaridan birining aytişiça, bunday çoralar muxoliflar Putinning hokimiyatiga jiddiy xavf tuğdirgani uçun emas, balki Rossiya rahbari öz kuçini namoyiş etişi kerakligi sababli qöllanişi mumkin.
Manbaga köra, Putin AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktorining Moskvaga taşrifini ham zaiflik belgisi sifatida qabul qilgan.
Şu bilan birga, Rossiya elitasi orasida uruşga nisbatan kayfiyat tobora tuşkunlaşmoqda. Naşr suhbatdoşlaridan birining aytişiça, asosiy muammo iqtisodiyotning holati yoki frontdagi muvaffaqiyatlarning yöqligida emas, balki uruş sabab mamlakat qariyb beş yil vaqtini yöqotganida. Uning takidlaşiça, uruş qanday natija bilan yakunlanişidan qatiy nazar, qariyb beş yil davom etgan jangovar harakatlarning özi Rossiya uçun muvaffaqiyatsizlik sifatida baholanmoqda.
Biroq “The Economist”ga köra, Rossiyadagi iqtisodiy va siyosiy muammolarning özi hozirça Putinning hokimiyatini xavf ostiga qöymayapti. Rossiya rahbarida uruşni davom ettiriş uçun yetarli iqtisodiy resurslar, bosim va taqib vositalari mavjud.
Naşr tahliliga köra, aynan şu imkoniyatlar Putinga uruşni töxtatiş örniga uni yanada kuçaytiriş yölidan boriş imkonini bermoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq xakerlar Rossiyaning “Sberbank” bankiga tegişli ekani aytilgan, Rossiya va Ukraina uruşi yakunlanişining ehtimoliy stsenariylari keltirilgan hujjatni elon qilgan edi. Unda uruş qanday yakunlanişi mumkinligi böyiça 8 ta stsenariy keltirilgan.