USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qirğizistonda toğ çöqqisiga ŞHT nomi berildi

53 марта
Қирғизистонда тоғ чўққисига ШҲТ номи берилди

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Çuy viloyatidagi balandligi 4050 metr bölgan nomsiz toğ çöqqisiga “Şanxay hamkorlik taşkiloti çöqqisi” nomini beriş töğrisida farmon imzoladi. Bu haqda Qirğiziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, geografik nom davlat rahbarining farmoni bilan Çuy viloyati Alamudun tumanidagi “Ola-arça” davlat tabiiy boğida joylaşgan toğ çöqqisiga beriladi.

Farmon Şanxay hamkorlik taşkiloti taşkil etilganining 25 yilligi hamda 2026 yilda Qirğizistonda ŞHT Davlat rahbarlari kengaşi yiğilişi ötkazilayotgani munosabati bilan qabul qilingan.

Hujjatga köra, Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda 4050 metr balandlikdagi nomsiz toğ çöqqisiga “Şanxay hamkorlik taşkiloti çöqqisi” geografik nomini beriş masalasini körib çiqişi kerak.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasiga uç oy muddatda tegişli qonun loyihasini işlab çiqiş va uni Qirğiziston Jogorku Keneşi muhokamasiga kiritiş vazifasi yuklatilgan.

ŞHTga Belarus, Hindiston, Eron, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston azo hisoblanadi.

Malumot uçun, bugun, 1 sentyabr kuni Qirğizistonning Bişkek şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotining 25 yilligiga bağişlangan sammit rasman start oldi. Sammitda ŞHTga azo barça 10 davlat rahbarlari iştirok etmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Şanxay hamkorlik taşkiloti nafaqat Yevrosiyo, balki butun dunyodagi eng yirik mintaqaviy birlaşma ekanini aytgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: